Erna Solberg (norvegcha: Erna Solberg, 24-fevral 1961-yil, Bergen) – Norvegiya davlat va siyosat arbobi. 2004-yildan Norvegiya Konservativ partiyasi rahbari. 2013-yil 16-oktyabrdan 2021-yil 14-oktyabrgacha Norvegiya Bosh vaziri.
| Erna Solberg | ||
|---|---|---|
norvegcha: Erna Solberg | ||
![]() | ||
| 28-Norvegiya Bosh vaziri | ||
| Mansab davri 2013-yil 16-oktyabrdan – 2021-yil 14-oktyabrgacha | ||
| Monarx | Harald V | |
| Oʻtmishdoshi | Jens Stoltenberg | |
| Vorisi | Jonas Gahr Støre | |
| Norvegiya konservativ partiyasi raisi | ||
| Mansab davri 2004-yil 9-maydan | ||
| Oʻtmishdoshi | Jan Petersen | |
| Norvegiya modernizatsiya vaziri | ||
| Mansab davri 2001-yil 19-oktyabrdan – 2005-yil 17-oktyabrgacha | ||
| Oʻtmishdoshi | Sylvia Brustad | |
| Vorisi | Åslaug Haga | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | ||
| Tavalludi | 24-fevral 1961-yil Bergen | |
| Mukofotlari | | |
Biografiyasi
Erna Solberg 1961-yilda Bergen shahrida tugʻilgan. Maktabda oʻqiyotganda disleksiya tufayli bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Maktabda orkestrda oʻynadi va pianino darslarini oldi. Maktabni tugatgandan soʻng Bergen universitetiga oʻqishga kirdi va 1986-yilda sotsiologiya va siyosatshunoslik fakultetini tamomladi.
Yoshligidan Konservativ partiyaga aʼzo boʻldi va tez orada birinchi navbatda yoshlar qanoti, soʻngra partiyaning oʻzi rahbariyatiga kirdi. 1989-yildan Stortingning (Norvegiya parlamenti) doimiy aʼzosi.
2001 yilda u Kjell Magne Bunnevik hukumatida kommunal xizmatlar vaziri boʻldi. Hukumatda ishlagan. Oʻzini irodali va maqsadli siyosatchi sifatida koʻrsatdi va 2004-yil 9-mayda Konservativ partiyani boshqardi.
2013-yil sentabrida Norvegiyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida toʻrtta oʻng partiyalar ittifoqi koʻpchilikni qoʻlga kiritdi. Norvegiya Bosh vaziri Jens Stoltenberg isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. 16-oktyabrda bu lavozimni Erna Solberg egalladi.
2021-yilda isteʼfoga chiqdi.
Erna Solberg 1996-yilda Sindre Finnes bilan turmush qurgan. Ularning bir oʻgʻil va qizi bor.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, erna solberg haqida ma’lumot. erna solberg nima? erna solberg nimani anglatadi?
