Dennis Nicolaas Maria Bergkamp (1969-yil 10-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. Dastlab yarim himoyachi boʻlgan Bergkamp keyinchalik hujumchi, keyin esa ikkinchi hujumchi pozitsiyasiga oʻtdi. „ Arsenal“ muhlislari Bergkampni klubda saqlab qolish uchun unga "Uchmaydigan golland " laqabi berilgan. Bergkamp koʻpchilik muhlislar tomonidan oʻz davrining eng zoʻr oʻyinchilaridan biri hamda „Ayaks“ va „Arsenal“ning eng zoʻr oʻyinchilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
![]() 2014-yil Bergkamp Emirates Stadium stadionida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Dennis Nicolaas Maria Bergkamp | ||
| Tavallud sanasi | 10-may 1969-yil | ||
| Tavallud joyi | Amsterdam, Netherlands | ||
| Boʻyi | 1.83 m | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1981—1986 | Ajax | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1986—1993 | Ajax | 185 | (103) |
| 1993—1995 | Inter Milan | 52 | (11) |
| 1995—2006 | Arsenal | 315 | (87) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1989 | Netherlands U21 | 2 | (0) |
| 1990—2000 | Netherlands | 79 | (37) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2011—2017 | Ajax (assistant) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Elektrikning oʻgʻli boʻlgan Bergkamp Amsterdamda tugʻilgan. U 11 yoshida " Ayaks " tomonidan klubga chaqirilgan va 1986-yilda professional debyut qilgan. Samarali oʻyinlari tufayli bir yildan soʻng Gollandiya terma jamoasiga chaqiruv olib, bir qancha Yevropa klublarining eʼtiborini tortdi. Bergkamp 1993-yilda Italiyaning „ Inter“ klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda ikki qiyin mavsum oʻtkazgan. 1995-yilda „Arsenal“ga qoʻshilganidan soʻng, u klubga uchta Premer-liga chempionligi, toʻrtta Angliya kubogi sovrini va 2006-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi, bu uning futbolchi sifatidagi soʻnggi oʻyini edi. Murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanmasligini eʼtirof etgan boʻlsada, Bergkamp 2011-yildan 2017-yilgacha „Ayaks“da yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan.
Gollandiya terma jamoasi bilan Bergkamp Evro-1992 da muvaffaqiyatli qatnashib mamlakati yarim finalga qadar yetib boradi va unda Bergkamp uchta gol urdi. 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida u Argentinaga qarshi chorak finalning soʻnggi daqiqasida esda qolarli gʻalaba golini urdi, bu FIFA Jahon chempionatidagi eng yaxshi gollardan biri sifatida qabul qilindi. Bergkamp 1998-yilda Faas Uilksning rekordini ortda qoldirib, mamlakatning barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi, keyinchalik bu rekord Patrik Klyuyvert, Klaas-Yan Xuntelaar va Robin van Persi tomonidan qayt etildi.
Bergkampni Yan Mulder Gollandiya terma jamoasining „eng zoʻr texnik“ oʻyinchisi va jamoadoshi Tyerri Anrining „orzusidagi hujumchi“ deb taʼriflagan. Bergkamp FIFA Jahonning eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasida ikki marta uchinchi oʻrinni egalladi va Pele tomonidan FIFA 100 ta eng yaxshi tirik oʻyinchilardan biri sifatida tanlandi. 2007-yilda u Angliya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi, bu sharafga sazovor boʻlgan birinchi futbolchi sifatida tarixda qoldi. Bergkamp 2021-yilda Premer-liga Shon-sharaf zaliga kiritildi. 2017-yilda Bergkampning 2002-yilda " Nyukasl Yunayted „ darvozasiga urgan goli liganing 25 yillik tarixidagi barcha vaqtlardagi eng yaxshi Premer-liga goli deb topildi.
Yoshligi
Amsterdamda tugʻilgan Bergkamp toʻrt oʻgʻlining oxirgisi edi. U shahar chetida, oʻrta maqomiga ega boʻlishga intilgan oilada tarbiyalangan. Uning otasi, elektrchi va quyi ligada havaskor futbolchi edi. Bergkamp tugʻilganda uni ismini shotlandiyalik hujumchisi Denis Lou sharafiga qoʻydi. Bergkamp oilasi tomonidan Rim-katolik sifatida tarbiyalangan va bolaligida muntazam ravishda cherkovga tashrif buyurgan. Garchi keyingi yillarda u cherkovga tashrif buyurish uni yoqtirmasligini aytgan boʻlsa-da, Bergkamp hali ham oʻz eʼtiqodini saqlab qoladi. Bergkampning soʻzlariga koʻra, uning bolalikdagi futbol qahramonlari oʻzining toʻpga yumshoq aniq teginishlari bilan hayratga solgan Glenn Xoddl va bir vaqtlar oʻn ikki yoshida unga murabbiylik qilgan Yoxan Kroyff edi.
Terma jamoadagi faoliyat
Bergkamp Gollandiya terma jamoasidagi debyutini 1990-yil 26-sentyabrda Italiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U jamoadagi ilk golini 1990-yil 21-noyabrda Gretsiyaga qarshi oʻyinda urgan Bergkamp Evro-1992 uchun terma jamoaga jalb etiladi, uning terma jamoasi amaldagi chempion boʻlgan. Garchi Bergkamp turnirda uchta gol urib, ajoyib taassurot qoldirgan boʻlsa-da, jamoa yarim finalda boʻlajak chempion Daniyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi.
Murabbiylik faoliyati
Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Bergkamp murabbiylik qilmasligini taʼkidladi. U „Arsenal“ uchun skaut boʻlish taklifini rad etdi va oʻrniga sayohatga va oilasi bilan vaqt oʻtkazishga eʼtibor qaratdi. Biroq, 2008-yil aprel oyida u sobiq gollandiyalik xalqaro futbolchilar uchun tezkor murabbiylik diplomini boshladi va „Ayaks“da stajyor rolini oʻynadi. Gollandiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasi (KNVB) tomonidan murabbiy Betaald Voetbal kursini tamomlagan Bergkamp 2008-yil 26-oktyabrda yangi tashkil etilgan Niderlandiya B jamoasiga Yoxan Neeskensning yordamchisi etib tayinlandi 2008-09-yilgi mavsumda Bergkamp D2 (U12) yoshlar jamoasi uchun masʼul boʻlgan rasmiy murabbiylik lavozimida „Ayaks“ga qaytdi. 2010-yil dekabr oyida Frank de Bur „Ayaks“ bosh murabbiyi lavozimiga koʻtarilgandan soʻng, Bergkamp „Ayaks“ning flagman A1 (U19) yoshlar jamoasi bilan shugʻullanuvchi Fred Grimning yordamchisi etib tayinlandi.
Shaxsiy hayoti
Bergkamp 1993-yilning 16-iyunida Henrita Ruizendaalga uylanadi. Ularning toʻrt farzandi bor: Estelle Debora, Mitchel Dennis, Yasmin Naomi va Saffron Rita. Uning oʻgʻli Mitchel 2021-yil fevralida " Uotford U23 " safiga qoʻshildi Uning jiyani Roland Bergkamp hozirda RKC Waalwijk jamoasida oʻynaydi, u avvalroq Brighton & Hove Albionda oʻynagan.
OAV
Bergkamp EA Sportsʼning videooʻyinlar seriyasida, FIFA 99 xalqaro nashri muqovasida, va FIFA 14 da Ultimate Team Legends roʻyxatiga kiritilgan.
Yutuqlari
Ayaks
- Eredivizion: 1989-90
- KNVB kubogi: 1986-87, 1992-93
- Yevropa kubogi egalari kubogi: 1986-87; ikkinchi oʻrin: 1987-88
- UEFA kubogi: 1991-92
Inter Milan
- UEFA kubogi: 1993-94
Arsenal
- Premer-liga: 1997-98, 2001-02, 2003-04
- Angliya kubogi: 1997-98, 2001-02, 2002-03, 2004-05; ikkinchi oʻrin: 2000-01
- FA xayriya/jamoa qalqoni: 1998, 2002, 2004
- UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrinchisi: 2005-06
- UEFA kubogi sohibi: 1999-2000
Shaxsiy sovrinlari
- Gollandiyadagi yilning eng yaxshi futbol iqtidori: 1990
- Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 1991, 1992
- Erediviziyaning eng yaxshi toʻpurari: 1990-91, 1991-92, 1992-93
- UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 1992
- IFFHS dunyoning eng yaxshi gol muallifi: 1992
- " Oltin toʻp " sohibi: 1993 yil; uchinchi oʻrin: 1992
- FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi bronza mukofoti: 1993, 1997
- UEFA kubogi toʻpurari: 1993-94
- Premer-ligadagi eng koʻp golli uzatma: 1998-99 (birgalikda)
- Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 1997-yil avgust, 1997-yil sentyabr, 2002-yil mart, 2004-yil fevral
- Yilning PFA jamoasi: 1997-98 Premer-liga
- FWA yilning eng yaxshi futbolchisi: 1997-98
- PFA oʻyinchilari tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 1997-98
- BBC mavsumdagi goli: 1997-98, 2001-02
- FIFA Jahon chempionati yulduzlari jamoasi: 1998
- FIFA 100
- Angliya futboli shon-sharaf zali: 2007
- Premer-liga Shon-sharaf zali: 2021
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dennis bergkamp haqida ma’lumot. dennis bergkamp nima? dennis bergkamp nimani anglatadi?
