Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jaʼfar Tursumboyevich Irismetov (ruscha: Ирисметов, Жафар Турсумбаевич; 1976-yil 23-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumch

Jaʼfar Irismetov

Jaʼfar Tursumboyevich Irismetov (ruscha: Ирисметов, Жафар Турсумбаевич; 1976-yil 23-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi. Hozirda futbol murabbiyi va funksioner. 2025-yildan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bosh menejeri.

Jaʼfar Irismetov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jaʼfar Irismetov Tursumboyevich
Tavallud sanasi 23-avgust 1976-yil (1976-08-23) (49 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, OʻzSSR
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi (Bosh menejer)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1993—1997 Doʻstlik 125 (81)
1997—1998 Panatinaikos 1 (0)
1998 Doʻstlik 10 (8)
1998 Chernomorets 7 (1)
1999 Dinamo (Samarqand) 27 (19)
2000 Doʻstlik 37 (45)
2001 Spartak (Moskva) 8 (0)
2001 Slaviya (Mozir) 9 (3)
2002 Anji 11 (0)
2003 Paxtakor 5 (3)
2003—2004 Krivbass 11 (1)
2003—2004 Krivbass-2 1 (1)
2004—2005 Qayrat 49 (22)
2006—2007 Olma-Ota 52 (34)
2008 Aktobe 15 (2)
2008 Olma-Ota 12 (4)
2009 Liaoning Xungyong 2 (0)
2010 Dinamo (Samarqand) 24 (11)
2011 Shoʻrtan 11 (3)
2011 Qizilqum 12 (3)
2012—2013 Navbahor 14 (1)
Total 445 (242)
Milliy terma jamoa
1997—2007 Oʻzbekiston 36 (15)
Boshqargan klublari
2014 NBU-Osiyo
2016—2017 Obod
2017—2022 Paxtakor (Bosh menejer)
2025— Neftchi (Bosh menejer)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi

Moskvaning „Spartak“ jamoasi bilan birgalikda 2001-yilda „Hamdoʻstlik kubogi“ gʻolibi va Rossiya chempioni boʻlgan. Oʻzining takidlashicha, Jafar faoliyatidagi eng yaxshi yillarini Qozogʻiston chempionatida oʻtkazgan.

2012-yil 5-yanvar kuni „Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi“ (IFFHS) oʻz faoliyatini davom ettirayotgan va milliy chempionatlarda eng koʻp gol urgan hujumchilar roʻyxatini eʼlon qilgan. Jafar Irismetov 441 oʻyinda 240 ta gol urib, reytingda 8-oʻrinni egallagan (2012-yil 29-dekabr holatiga koʻra).

Qozogʻistondagi faoliyati davomida Irismetov yuqori koʻrsatkichlari bilan ajralib turgan. Futbolchi umumiy hisobda Qozogʻiston jamoalari safida 149 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich har bir oʻyinda oʻrtacha 0,5 tadan golga toʻgʻri keladi.

2017-yil 26-oktabrda sport jurnalisti Viktor Xoxlyuk Qozogʻiston jamoalari toʻpurar-legionerlari klubini tuzgan. Klub nomi Qozogʻiston futbol klublari legionerlari orasida birinchi boʻlib 100 ta gol urgan braziliyalik hujumchi Nilton Mendez sharafiga qoʻyilgan. Irismetov Qozogʻiston jamoalari safida 75 ta gol urishga muvoffaq boʻlgan.

2012 yilgi mavsumdan soʻng Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynaganidan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Sohil futbolida

2013-yil boshida u sohil futbolida oʻynashini eʼlon qilgan va 2013-yilgi FIFA plyaj futboli boʻyicha Jahon chempionati (OFK)ning saralash bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. U turnirda 5 ta gol urgan. 2015-yil 23-mart kuni Qatarda boʻlib oʻtgan plyaj futboli boʻyicha 2015-yilgi Osiyo chempionatida Irismetov guruh bosqichidan oʻrin olgan BAAga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan.

Xalqaro

U 1997-yildan 2007-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasi safida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

2024-yil murabbiylik faoliyatini boshlagan va Toshkentning „NBU-Osiyo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2014-yil 31-mayda klubni tark etgan. 2016-yilgi mavsumda „Obod“ jamoasida qisqa muddat davomida ishlagan. 2017—2024-yillar oraligʻida Paxtakor jamoasining bosh menejeri sifatida faoliyat olib borgan. 2018—2019-yillarda OFKning murabbiylik Pro litsenziyasiga oʻqigan. 2024-yil 17-dekabrda „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoa bosh menejeri boʻlgan.

Bahsli munozaralari

Chetlatish

2019-yil futbolchi Azizbek Turgʻunboyevni „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolashi vaqtida belgilan reglament qoidalarini buzgaligi uchun Irismetov olti oy muddatga futboldan chetlatilgan.

Yutuqlari

Klublardagi yutuqlari
Doʻstlik

  • Oʻzbekiston chempioni: 2000-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1999/2000-yillar

Spartak (Moskva)

  • Rossiya chempioni: 2001-yil
  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogi chempioni: 2001

Paxtakor

Qayrat

  • Qozogʻiston Premyer-ligasi chempioni: 2004-yil
  • Futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogi finalchisi (2): 2004, 2005-yillar

Olma-Ota

Liaoning FC

  • Xitoy Birinchi ligasi gʻolibi: 2009

Shaxsiy yutuqlari

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2000-yil
  • Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1996, 1997, 2000-yillar
  • Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2006, 2007-yillar
  • Bir mavsumdagi gollar hisobi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati rekordchisi: 45 ta gol
  • MDH kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2001-yil (umumiy)
  • Niltona Mendes toʻpurarlar klubi aʼzosi (76 ta gol)
  • Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 203 gol

Faoliyat statistikasi

Xalqaro miqyosda

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar
Oʻzbekiston 1997 8 1
1998 2 0
1999 6 2
2000 4 2
2001 13 10
2007 3 0
Jami 36 15
Ggolla va natijalar birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Irismetovning har bir golidan keyingi natija koʻrsatadi.
Jafar Irismetov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy, stadion Raqib Hisob Natija Turnir Man.
1 1997-yil 25-may Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Kambodja 5–0 6–0 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
2 1999-yil 23-noyabr Tahnoun bin Muhammad stadioni, Al Ayn, BAA   Shri Lanka 1–0 6–0 2000-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3 2–0
4 2000-yil 29-fevral NBU stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Moʻgʻuliston 4–1 8–1 Oʻrtoqlik
5 2000-yil 3-sentyabr Shanxay stadioni, Shanxay, Xitoy   Tailand 1–4 2–4 Oʻrtoqlik
6 2001-yil 23-aprel Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Xitoy Taypeyi 1–0 7–0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
7 3–0
8 6–0
9 7–0
10 2001-yil 3-may Amman xalqaro stadioni, Amman, Iordaniya   Turkmaniston 2–0 5–2 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
11 2001-yil 5-may Amman International Stadium, Amman, Jordan   Xitoy Taypeyi 1–0 4–0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
12 4–0
13 2001-yil 26-avgust Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Qatar 1–0 2–1 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
14 2001-yil 8-sentyabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Ummon 1–0 5–0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
15 5–0

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, jaʼfar irismetov haqida ma’lumot. jaʼfar irismetov nima? jaʼfar irismetov nimani anglatadi?

Yuqori