Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Metropoliten muzeyi (Metropolitan Museum of Art) – Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng yirik markaziy sanʼat muzeyi boʻlib, Nyu-York shahrida joylashgan. 1870-yil

Metropoliten-muzey

Metropoliten muzeyi (Metropolitan Museum of Art) – Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng yirik markaziy sanʼat muzeyi boʻlib, Nyu-York shahrida joylashgan. 1870-yilda tashkil etilib, 1872-yilda ochilgan. Shaharning markaziy bogʻida joylashgan. Fort-Trayon bogʻida boʻlimi bor. Eksponatlari, asosan, shaxsiy kolleksiyalardan muzeyga tortiq qilingan sanʼat asarlaridan iborat. Amerika rang-tasviri va haykaltaroshligi, qurollar, Uzoq va Yaqin Sharqning qadimgi sanʼati, Qadimgi Misr sanʼati, Yunoniston, Qadimgi Rim va Islom sanʼati, oʻrta asr sanʼat asarlari (boʻlimi), musiqa asboblari, gravyura va litografiyalar, Yevropa rang-tasviri, 20-asr sanʼati, kitoblar muzeyi, bolalar muzeyi, kostyum instituti (mato va kiyimlar toʻplami) va boshqa boʻlimlari mavjud. Metropoliten muzeyida jahon sanʼatining koʻpgina nodir yodgorliklari, jumladan, Gʻarbiy Yevropa rang-tasvirining shoh asarlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida yaratilgan amaliy sanʼat asarlari ham saqlanadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, metropoliten-muzey haqida ma’lumot. metropoliten-muzey nima? metropoliten-muzey nimani anglatadi?

Yuqori