- Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Rametov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Aziz Rametov (1988-yil 10-iyul, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik aktyor, rejissyor va xonanda.
| Aziz Rametov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | Rametov Aziz Jumadullayevich 10-iyul 1988-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor, xonanda, rejissyor |
| Filmlari | Arslon izidan, Qaramlik |
| Otasi | Jumadulla Rametov |
| Onasi | Saida Rametova |
| Qarindoshlari | Ulugʻbek Rametov (aka) |
Hayoti
Aziz Rametov 1988-yil 10-iyulda Toshkent shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Uning otasi aktyor Jumadulla Rametov va onasi aktrisa Saida Rametova. Uning Ulugʻbek Rametov ismli akasi bor.
Aziz Rametov dastlab „Gler“ nomidagi musiqa maktabida 9 yil violonchel cholgʻusi asbobini oʻrgangan. Ota-onasi uni sanʼatkor boʻlishi xohlamagan va otasi Jumadulla Rametovning istagi bilan harbiy litseyga oʻqishga kirgan. Lekin keyinchalik ota-onasi harbiy litsey direktorinining „O‘g‘lingiz avvalgidan ancha yaxshi tomonga o‘zgargan. Ammo baribir bunday harbiy chiqmaydi. Kun kelib chegarada turganda, ikkita latifa evaziga ham sirlarni sotib yuboradigan bola“ degan xazil gapi bilan oʻgʻlining Estrada va sirk kollejida oʻqishiga ruxsat berishgan. Bundan soʻng esa Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan va hozirda „Sergey Apollinariyevich Gerasimov“ nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetida (ruscha: „Всероссийский государственный институт кинематографии имени С.А. Герасимова“ yoki „ВГИК“) prodyuserlik yoʻnalishida tahsil olmoqda.
2022-yilda Shahlo Umarova bilan oila qurgan va shu yilning 15-dekabr oyida oʻgʻil farzandli boʻlgan.
Filmografiyasi
Aziz Rametov ilk bora 2005-yil „Alvido“ filmida suratga tushgan. 2015-yilda esa rejissyor sifatida ilk „Arslon izidan“ nomli filmini suratgan olgan. Bu filmning mavzusi 1991-yil Tojikistonda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida boʻlib, ushbu filmni suratga olishda aktyorning yoshlik paytida harbiy sohada olgan bilimlari foyda bergan.
| Yil | Nomi | Izoh |
|---|---|---|
| 2015 | Arslon izidan | |
| Qaramlik |
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2019 | Xonqizi | ||
| 2018 | Salom, rashq | ||
| 2016 | Boy boʻlma sahiy boʻl | ||
| Vahshiy | |||
| 2015 | Иерей-сан. Исповедь самурая | Chingiz | |
| Arslon izidan | Rejissyor | ||
| Men yolgʻonchiman | |||
| Ajal jodusi | Shohruh, bosh qahramonning do‘sti, xotinboz, bezori | ||
| 2014 | Erkatoy | ||
| 2012 | Qudajonlar | ||
| 2011 | Challari | ||
| Nafs | |||
| 2010 | Gulim | ||
| Jiyda guli | |||
| Qaydasan muhabbat? | |||
| 2009 | Qalbaki dunyo | ||
| Lola | |||
| Ada emas, dada | Dublyajda ishtirok etgan | ||
| 2008 | Shabnam | Bosh rol | |
| 2007 | Oʻtov | Javohir, Ubaydulloning oʻgʻli | Bosh rol |
| Sevginator | Otabek, talaba | ||
| Kechir | Sarvar | ||
| Panoh | |||
| Застава | serjant Raimjonov | Rossiya filmi | |
| Aprel-may | |||
| 2006 | Yoʻl boʻlsin | Bosh rol | |
| 2005 | Alvido... |
| Yil | Nomi | Xonanda | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2015 | Yaxshi qol | Ziyoda | Yilning eng yaxshi kliplar beshligida 3 oʻrinni egallagan |
Diskografiyasi
Uning 2018-yil „Derin Deniz“ nomli turk tilida aytgan qoʻshigʻi va unga olingan klip „Oʻzbekkonsert“ davlat muassasasi tomonidan asl muallifidan ruxsat hamda qayta klip olish tavsiya qilingan.
| Nomi | Shoir | Bastakor | Yil | Albom | Izoh |
|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyna-oʻyna | 2017 | ||||
| За спорт | |||||
| Koʻzingni och | 2018 | ||||
| Qora qosh | 2019 | ||||
| Koʻzni och | Koʻzni och | ||||
| Юля | 2018 | ||||
| Dilam | 2018 | ||||
| Meni kechir | 2021 | ||||
| Yangi yil | 2018 | ||||
| Bilsamki | 2018 | ||||
| Vatan | Koʻzni och | ||||
| Unutish qiyin | 2018 | ||||
| Derin deniz | 2018 | Koʻzni och | |||
| Ucharman | Koʻzni och | ||||
| You my heart | |||||
| Shirin armonim | Koʻzni och | ||||
| Qaytaman | 2014 | Koʻzni och | |||
| Bevafo | 2018 | ||||
| Zubayda | 2023 | ||||
| Baxtlimiz | 2021 | ||||
| Для тебя | 2018 | ||||
| Москва | 2018 | ||||
| Yomondur | 2018 | Koʻzni och | |||
| Hamon yodimda | 2018 | ||||
| Derin-deniz | 2018 | ||||
| Onajonim | 2020 | ||||
| Yana keldi | 2018 | ||||
| Malikam | Koʻzni och | ||||
| Красавчик | 2018 | ||||
| Kelma | Koʻzni och | ||||
| Sogʻinaman | 2018 | ||||
| Kelaqol | Koʻzni och | ||||
| Shiringina armonim | 2018 | ||||
| Yodimda | 2018 | ||||
| Unutmagin doʻstingni | 2018 | ||||
| Fasli bahor | 2023 | ||||
| Toʻy-toʻy | 2017 | ||||
| Don Juan | 2018 | ||||
| Qoraqosh | 2018 | ||||
| Jonisan | 2018 | ||||
| Malomatlar | 2018 | ||||
| You my heart | 2018 | ||||
| Yodimda | 2015 | Koʻzni och |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, aziz rametov haqida ma’lumot. aziz rametov nima? aziz rametov nimani anglatadi?
