Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sergey Apollinariyevich Gerasimov (1906.21.5, Yekaterinburg – 1985.28.11, Moskva) – rus kino rejissyori, kino nazariyotchisi. Sanʼatshunoslik fanlari doktori. 1

Sergey Gerasimov

Sergey Apollinariyevich Gerasimov (1906.21.5, Yekaterinburg – 1985.28.11, Moskva) – rus kino rejissyori, kino nazariyotchisi. Sanʼatshunoslik fanlari doktori. 1946-yildan kinematografiya institutining prof. (hozirgi institut Gerasimov nomida) Gerasimov obrazlarni aniq va oʻtkir shtrixlarda gavdalantirish ustasi. Voqealarni real, ishonarli tasvirlashga intilish, qahramonning oʻziga xos xususiyatlarini, uning psixologik kechinmalarini teran ochib berishga qiziqish zamona-viy mavzuda yaratgan filmlarida oʻz aksini topdi. Filmlari: „Yetti botir“, „Oʻqituvchi“, „Maskarad“, „Yosh gvardiya“, „Tinch oqar Don“, „Koʻl boʻyida“, „Insonni sevmoq“, „Pyotrning yoshligi“, „Qizil va qora“, „Ezgu ishlar boshida“, „Lev Tolstoy“ va boshqalar Gerasimov rejissyor – ustoz sifatida aktyorlar bilan ishlashga, yoshlar dunyoqarashining badiiy tahliliga alohida eʼtibor qaratgan. rejissyor ayniqsa kinoroman shakllariga suyanib ijod qilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sergey gerasimov haqida ma’lumot. sergey gerasimov nima? sergey gerasimov nimani anglatadi?

Yuqori