Sevginator — 2007-yilda rejissyor Abduvohid Gʻaniyev tomonidan suratga olingan komediya va fantastika janridagi oʻzbek filmi. Shoira Gʻiyosova ssenariysi asosida suratga olingan filmda bosh rollarni Manzura Yoʻldosheva, Ulugʻbek Qodirov, Murod Rajabov, Shafoat Rahmatullayeva, Aziz Rametov kabi aktyorlar ijro etgan.
| Sevginator | |
|---|---|
| Fayl:Sevginator.jpg Film posteri | |
| Rejissyor(lar) | Abduvohid Gʻaniyev |
| Prodyuser(lar) | Rustam Saʼdiyev |
| Ssenariynavis(lar) | Shoira Gʻiyosova |
| Rollarda | Manzura Yoʻldosheva Ulugʻbek Qodirov Murod Rajabov Shafoat Rahmatullayeva Botir Muhammadxoʻjayev Yulduz Hamidova Aziz Rametov Qahramon Abdurahimov Bosit Rahmatov Dildora Hoshimova Farruh Komilov Lola Ergasheva Ahmad Berdimurodov Farruh Soipov Shuhrat Yulliyev |
| Bastakor(lar) | Doniyor Aʼzamov |
| Kinematografiya | Oʻzbekkino |
| Studiya(lar) | „Davr“ |
| Chiqarilgan sanasi | 2007-yil |
| Davomiyligi | 103 daqiqa |
| Mamlakat | |
| Til | oʻzbekcha |
Syujeti
Akmal ismli aspirant robot qiz yaratadi. Ammo boshqa odamlar va ijrachi xolaning qiziqishini uyg‘otmaslik uchun uni „Malomat“ deb tanishtiradi. Akmal robotning yuzini oʻzi sevib qolgan Maftuna ismli oʻqituvchiga oʻxshatib yasaydi va uni qobiliyatlarini sinab koʻrish uchun sportchilar bilan jang uyushtirdi. Robot esa ularni yer tishlatadi. Bundan soʻng esa oʻzi va Maftunani yomgʻirda konalizatsiyaga tashlagan, institutdagi hamma oʻqituvchilarni qiyratgan, ularga laqab qoʻyib mazaxlagan institutning eng yomon guruhiga „Malohat“ni dars oʻtib, oʻqituvchilik qilishga joʻnatadi. U esa institutdagi eng yomon guruhni tartibga solib qoʻyadi. Bundan institut dekani Hoshim Soqiyevich ham, Akmal ham, Maftuna ham va yana institutdagi barcha oʻqituvchilar xursand boʻlishadi.
Bu orada „Malomat“ Akmalni sevib qoladi, lekin Akmal u odam emas, robot ekanligini aytib, uni ranjitadi. „Malomat“ esa oʻziga Akmalga quyib qoʻygandek oʻxshash robot yasab oladi va buni Akmal koʻrib, xushidan ketib qoladi. Film esa 2 robotning quyidagi jumlalari bilan tugaydi:
— Malomat, men sizni sevaman!
— Men ham sizni sevaman...
Rollarda
Bosh rollarda
- Manzura Yoʻldosheva — Maftuna Sodiqova, yosh oʻqituvchi va Malomat, ayol robot;
- Ulugʻbek Qodirov — Akmal, ixtirochi;
- Murod Rajabov — Hoshim Soqiyevich, institut dekani;
- Shafoat Rahmatullayeva — ijarachi xola yoki „Anakonda“;
- Botir Muhammadxoʻjayev — Borbi, Saruxanning eri;
- Yulduz Hamidova — Saruxan;
- Aziz Rametov — Otabek, talaba;
- Qahramon Abdurahimov — Maftunaning otasi;
- Bosit Rahmatov — Shokir Samadov, talaba;
- Dildora Hoshimova — Vasila, Maftunaning dugonasi;
- Farruh Komilov — Qodirov, talaba;
- Lola Ergasheva — Hadicha, Maftunaning onasi;
- Ahmad Berdimurodov — murabbiy;
- Farrux Soipov — Farruh;
Epizodlarda
- Shuhrat Ulliyev — „Shrek“, talaba
- Durdona Tursunboyeva
- Rixsivoy Aliyev — oʻqituvchi;
- Barno Jalolova;
- Feruza Roʻziyeva;
- Zuhra Soliyeva — avtobus chiptachisi;
- Ozoda Abdullayeva
- Dilbek Toʻrayev — Dilbek, talaba;
- Umida Norboyeva;
- Alina Mamadaliyeva;
- Alina Sayfulina;
- Hilola Toshmuhamedova;
- Shahlo Karimova;
- Nilufar Ergasheva.
Suratga olish
Manzura filmda suratga tushishni istamagan va rejissyor unga „Sizdek sovuq yuz boshqa yoʻq-da“ deb aytgan.
Film musiqasi
Filmdagi musiqalarni kompozitor Doniyor Aʼzamov yozgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sevginator haqida ma’lumot. sevginator nima? sevginator nimani anglatadi?