Noʻmon Hasanov (oʻzbekcha: Нўмон Нурматович Хасанов yoki No'mon Nurmatovich Hasanov) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Noʻmon Nurmatovich Hasanov | ||
| Tavallud sanasi | 2-oktyabr 1971-yil | ||
| Tavallud joyi | | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989—1990 | | 34 | (6) |
| 1990 | | 7 | (0) |
| 1990—1993 | | 85 | (25) |
| 1995—1997 | | 101 | (54) |
| 1998 | | 8 | (0) |
| 1998 | | 16 | (2) |
| 1998—2000 | | 47 | (15) |
| 2001—2002 | | 36 | (11) |
| 2002—2003 | | 21 | (0) |
| 2003 | | 12 | (3) |
| 2004—2005 | | 43 | (13) |
| 2006—2007 | | 42 | (5) |
| 2007 | | 12 | (2) |
| 2008 | | 17 | (1) |
| 2009 | | 14 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992-2007 | | 23 | (4) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2002—2003 | | ||
| 2012 | | ||
| 2012—2013 | | ||
| 2014—2015 | | ||
| 2015—2016 | | ||
| 2016—2019 | | ||
| 2020—2021 | | ||
| 2022—2023 | | ||
| 2023 | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Futbolchilik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini 1989-yilda „Avtomobilchi Qoʻqon“ jamoasida boshlagan. 1990-yilning yozida „Soxibkor Xalqobod“ jamoasiga kelib qoʻshilgan, ammo 7 oʻyindan soʻng Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Soʻngra Toshkentning MHSK, Qozonning „Rubin“, „Avtomobilist“, „Doʻstlik Yangibozor“, „Nasaf Qarshi“, „Qoʻqon 1912“, „Traktor Toshkent“, „Shoʻrtan Gʻuzor“, „Soʻgʻdiyona“ klublarida toʻp surgan. 2009-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi futbolchisiga aylandi va shu yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Milliy terma jamoa
1992—1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi safini himoya qilgan, u yerda jamoa sardori boʻlgan.
Murrabiylik faoliyati
Murabbiy sifatida ilk ishini 2003-yilda ham „Doʻstlik Yangibozor“ klubida futbolchisi boʻlsa-da, u jamoani boshqargan, biroq yozda jamoani tark etgan.
2012-yilda Chilonzorning „Paxtakor-2“ farm klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2012-yilning 24-iyulida Noʻmon Xasanov oʻz lavozimini tark etib, „Paxtakor“ yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 2012-yilda „Paxtakor“ yoshlari bilan Oʻzbekiston yoshlar ligasi, Oʻzbekiston ligasi jamoalari yoshlar terma jamoasi chempionatida gʻalaba qozongan. 2014-yil yanvar oyida u „Paxtakor“ ga yangi murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayanga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.
2015-yilning 7-iyulida Samvel Babayan oʻz lavozimini tark etib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi uchun „Paxtakor“ bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 2016-yilgi mavsum ikkinchi yarmida „Qoʻqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Qoʻqon jamoasini 3 yildan ziyod boshqargan Hasanov 2019-yilgi mavsumda isteʼfoga chiqarildi. 2020-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasining klub tizimiga taklif etildi va bir muddat bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimda ham faoliyat olib bordi.
2022-yil Tojikiston Oliy ligasi vakili „Istaravshan“ klubi bosh murabbiyiga aylandi. 2023-yil OFK kubogi ishtirokchisiga aylangan Tojikistonning boshqa bir jamoasi Xoʻjandning „Xoʻjand“ klubi bosh murabbiyiga aylandi.
Yutuqlar
Futbolchi sifatida
- Paxtakor
- SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1991
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 1992
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi (1): 1993
- MHSK Toshkent
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 1997
Doʻstlik
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (2): 1999, 2000
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi (1): 2000
Murabbiy sifatida
- Paxtakor
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 2015
Individua
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 3-oʻrin: 1999
- Gennadiy Krasnitskiy klubi : 153 gol
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, noʻmon hasanov haqida ma’lumot. noʻmon hasanov nima? noʻmon hasanov nimani anglatadi?
