Nabateya podsholigi' - Iordaniya hududida qadimda mavjud boʻlgan davlat (miloddan avvalgi III asr oxiri — II asr boshi — milodiy 106). Miloddan avvalgi VI asr boshida Edem rayoniga arab qabilalaridan nabateylar kelib oʻrnashgan. Ular xaqida ilk marta Bibliyada qayd etilgan. Miloddan avvalgi III asr oxiri — II asr boshlarida poytaxti Petra shahri boʻlgan Nabateya podsholigi vujudga kelgan, u ptolemeylar sulolasi boshqargan Misrning taʼsir doirasiga kirgan. Nabateya podsholigining 1-podshosi — Haritat I (miloddan avvalgi 169 yildan shoxlik qilgan). 87 (yoki 85) yilda Haritat III (miloddan avvalgi 87—62) Damashqni boʻysundirgan. Miloddan avvalgi 60-yillar oxiridan Nabateya podsholigi Rim vassali. Nabateya podsholigining ravnaq topgan davri Haritat IV davriga (milodiy 9—40) toʻgʻri keladi. Nabateya podsholigining soʻnggi podshosi Rabbil II (71 — 106) boʻlgan. 106 yil Rim imperatori Trayan Nabateya podsholigini tugatib, uning hududini Rimning Arabiston provinsiyasiga aylantirgan. Nabateyaliklardan hozir faqat oz sonli yozma yodgorliklar saqlanib qolgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nabateya podsholigi haqida ma’lumot. nabateya podsholigi nima? nabateya podsholigi nimani anglatadi?