- Vikipediyada ismi Erkin va familiyasi Yusupov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Yusupov Erkin (1929.15.3, Quva shahri — 2003.5.8, Toshkent) — faylasuf, olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), Rossiya Fanlar akademiyasi muxbiraʼzosi (1991; 1987-yildan SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi), falsafa fanlari doktori (1965), professor (1966). Oʻrta Osiyo universitetining tarix fakulteti mantiq va psixologiya boʻlimini tugatgan (1951). Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasida katta oʻqituvchi (1954—58), kafedra mudiri (1958—72). Oʻzbekiston KP MK huzuridagi Partiya tarixi instituti direktori (1972—79). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining vitseprezidenti (1979—90). Toshkent Davlat Universiteti rektori (1990—92), respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazining rahbari (1994—95). Toshkent Davlat Universiteti gumanitar ftlar falsafa kafedrasining mudiri (1995—97). 1997-yildan Toshkent Davlat Universiteti falsafa kafedrasi professor Yu. respublikada ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq, tarix, siyosatshunoslik, maʼnaviyat, mafkura masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).
| Erkin Yusupovich Yusupov | |
|---|---|
| O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Raisi | |
| Mansab davri 1983-yil 30-dekabr — 1985-yil 30-mart | |
| Oʻtmishdoshi | Аsadilla Ashrapovich Хоdjayev |
| Vorisi | Po‘lat Qirg‘izboyevich Hаbibullayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1929-yil 15-mart Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR |
| Vafoti | 2003-yil 5-avgust (74 yosh) |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Faoliyati | Falsafa |
| Ilmiy unvoni | professor, SSSR FA korrespondent-muxbiri (1987-yil) RFAda korrespondent-muxbir (1991-yil)Falsafa fanlari doktori (1966-yil) |
| Mukofotlari | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, erkin yusupov haqida ma’lumot. erkin yusupov nima? erkin yusupov nimani anglatadi?