Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hector Berlioz (fransuzcha talaffuzi: ​[ɛktɔʁ bɛʁljoz]; 1803.11.12, La Côte-Saint-André — 1869.8.3, Parij) — fransuz kompozitori, dirijyor, musiqa tanqidchisi,

Hector Berlioz

Hector Berlioz (fransuzcha talaffuzi: ​[ɛktɔʁ bɛʁljoz]; 1803.11.12, La Côte-Saint-André — 1869.8.3, Parij) — fransuz kompozitori, dirijyor, musiqa tanqidchisi, romantik programmali simfoniya ijodchisi. Parij konservatoriyasida oʻqigan (1826—30). 5 qismli "Fantastik simfoniya"ni ijod etgan. "Sardanapal" kantatasi uchun Katta Rim mukofotiga sazovor boʻlgan. 30-yil iyul inqilobi qurbonlarining yodnomasi boʻlgan "Tantanali motam simfoniyasi" (1840), "Troyaliklar" dulogiya ("Qoʻsh opera")si mashhur (1855—59). 1856-yildan Fransiya instituti (Akademiya) aʼzosi. Bayron asari boʻyicha alt va orkestr uchun yozgan "Garold Italiyada" simfoniyasi (1834), katta simfonik orkestr bilan toʻrtta mis damli sozlar orkestri uchun "Rekviyem"i (1837), "Benvenuto Chellini" romantik operasi (1838), "Faustning qoralanishi" (Gyote asari asosida) dramatik afsona opera — oratoriyasi (1846), "Beatriche va Benedikt" operasi (Shekspir asari asosida, 1862) Berliozning harakterli asarlaridandir. Hector Berlioz ijodiy faoliyati bilan Yevropa musiqa sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.

Hector Berlioz
Tavalludi 11-dekabr 1803
Vafoti 8-mart 1869
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Louis Berlioz

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hector berlioz haqida ma’lumot. hector berlioz nima? hector berlioz nimani anglatadi?

Yuqori