- Vikipediyada ismi Javlon va familiyasi Vahobov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Javlon Abdujalolovich Vahobov – oʻzbek huquqshunosi, diplomat. 2023-yildan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi. 2015-2017-yillarda va 2023-yilda tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
| Javlon Abdujalolovich Vahobov | |
|---|---|
![]() | |
| Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori | |
| Mansab davri 2023-yil 30-dekabrdan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Vladimir Norov |
| Mansab davri 2017-yil 12-oktabrdan – 2023-yil 3-martgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Gʻulomov |
| Vorisi | Furqat Siddiqov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 7-avgust 1980-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
Hayoti
1980-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ingliz va ispan tillarini biladi.
2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yilda mazkur universitet magistratura bosqichini „xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2001—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi referenti, attashesi, 3-kotibi, boʻlim boshligʻi.
2006—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.
2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari.
2013—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.
2013—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2015-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2017—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.
2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2021—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2023—2023 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2023-yildan – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori.
Oilasi
Amakisi Abrol Vahobov – Oʻzbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Oilali, uch nafar farzandi bor. Ukasi – Davron Vahobov, 2022-yildan Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, javlon vahobov haqida ma’lumot. javlon vahobov nima? javlon vahobov nimani anglatadi?


