- Vikipediyada ismi Poʻlat va familiyasi Bobojonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Bobojonov Poʻlat Razzoqovich (Бобожонов Пўлат Раззоқович, 1961-yil 1-yanvar, Bogʻot tumani, Xorazm viloyati) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri (2017—2025) hamda Xorazm viloyati hokimi (2012—2017) boʻlgan.
| Bobojonov Poʻlat Razzoqovich | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2017-yil 4-sentyabrdan – 3-mart 2025-yil | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Abdusalom Azizov |
| Vorisi | Aziz Toshpoʻlatov |
| Mansab davri 2012-yil 24-yanvardan – 2017-yil 4-sentabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ollobergan Olloberganov |
| Vorisi | Ilgizar Sobirov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-yanvar 1961-yil Bogʻot tumani, Xorazm viloyati, OʻzSSR |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | General-leytenant |
2023-yil 18-fevraldan Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi.
Biografiyasi
Taʼlim
1977-1982 yy. – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi.
Mehnat faoliyati
1982-yilda Harbiy xizmat oʻtagan.
1982—1983-yillarda Gurlan tumani prokurorining yordamchisi vazifasida ish oʻrganuvchi.
1983—1985-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori.
1985—1991-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi boshligʻi.
1991—1992-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumani prokurori.
1992—1996-yillarda Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.
1996—1999-yillarda Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari – nazorat inspeksiyasi boshligʻi.
1999—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi konsultanti.
2000-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining hududiy organlar kadrlari bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori vazifasini bajaruvchi.
2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
2006—2011-yillarda Jizzax viloyati prokurori.
2011-yilda qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori.
2011—2012-yillarda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari.
2012—2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi vazifalarida faoliyat olib borgan.
2017-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti.
2023-yil 18-fevraldan – Oʻzbekiston Voleybol Federatsiyasi raisi.
2025-yil 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayevga oʻrinbosar etib tayinlanadi.
Vazir sifatidagi faoliyati
Poʻlat Bobojonov Ichki ishlar vaziri sifatida Oʻzbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratilganligini maʼlum qilgan
Keyingi yillarda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shuning barobarida bevosita ichki ishlar organlariga doir 4 ta qonun, 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlar, 150 dan ortiq hukumat va idoraviy hujjatlar qabul qilindiki, mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan asosiy norma va vazifalar bugun hayotda oʻz ifodasini topmoqda
— Poʻlat Bobojonov,
2019-yilda Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Jasliq qamoqxonasidagi mahkumlar soni haqida aniq maʼlumot bergan. Vazirga koʻra, oʻsha vaqtda „Jasliq“ qamoqxonasida 395 nafar mahkum saqlangan.
2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotida Poʻlat Bobojonov ichki ishlar tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilganligi haqida axborot bergan.
Tanqidlar
Poʻlat Bobojonov 2016-yildan keyin tayinlangan vazirlar orasida OAVdan „uzoq“ vazir sifatida tanqid qilingan.
Mukofotlari
2003-yil 28-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
2024-yil 25-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, poʻlat bobojonov haqida ma’lumot. poʻlat bobojonov nima? poʻlat bobojonov nimani anglatadi?


