Ravshanbek Ozodbekovich Olimov (1966-yilda tugʻilgan) – oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina, Fransiya, Portugaliya davlatlaridagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi.
| Ravshanbek Olimov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2024-yildan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Vazir | Baxtiyor Saidov |
| Oʻtmishdoshi | Akmaljon Qoʻchqorov |
| Mansab davri 2003-yildan – 2005-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Vazir | Sodiq Safoyev |
| Oʻtmishdoshi | Shomansur Shohalilov |
| Vorisi | Ilhom Haydarov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 18-may 1966-yil Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR |
Biografiya
1966-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tugʻilgan.
1990-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan.
1997-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
1990-yildan 1992-yilgacha – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi „Nihol“ markazi talabalar bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi.
1993-yildan 1994-yilgacha – „Oʻzbelst“ Oʻzbekiston-Belarus qoʻshma korxonasi bosh direktorining oʻrinbosari.
1994-yildan 1996-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
1997-yildan 2000-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahatchisi.
2000-yildan 2001-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari kompleksi yetakchi mutaxassisi.
2001-yildan 2003-yilgacha – Oʻzbekiston makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tashqi savdo balansini prognozlash boshqarmasi boshligʻi.
2003-yildan 2005-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2005—2008-yillarda – Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi (bir vaqtning oʻzida Portugaliyada);
2008-yildan 2011-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2011—2018-yillarda – Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi.
2018-yildan 2020-yilgacha – Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2020-yildan 2024-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi.
2024-yildan buyon Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ravshanbek olimov haqida ma’lumot. ravshanbek olimov nima? ravshanbek olimov nimani anglatadi?


