Rahmonbek Jahongirovich Usmonov (1960-yil 24-aprel) — davlat va jamoat arbobi. 2011-2018-yillarda Toshkent shahar hokimi. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari. 2021-yildan buyon “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshligʻi .
| Usmonov Rahmonbek Jahongirovich | |
|---|---|
Усманов Рахманбек Джахангирович | |
![]() | |
| Toshkent shahrining hokimi | |
| Mansab davri 2011-yil 17-fevral – 2018-yil 26-aprelgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Abduqahhor Toʻxtayev |
| Vorisi | Jahongir Ortiqxoʻjayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 24-aprel 1960-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Mukofotlari | |
Hayoti
1977-1982 yy. — Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti talabasi.
1982-1990 yy. — Toshkent shahar 1-Avtokorxonasi uchastka ustasi, avtosaf boshligʻi, katta muhandis, direktor oʻrinbosari.
1990-1990 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ ishlab chiqarish axborot boshqarmasi boshligʻi vazifasini. bajaruvchi
1990-1992 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Qurilishmexservis“ korxonasi direktori.
1992-1993 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ korxonasi bosh direktorining oʻrinbosari.
1993-1996 yy. — Toshkent shahar 1-avtokorxonasi direktori vazifasini bajaruvchi.
1996-1996 yy. — „Toshshaharyoʻlovchiavtotrans“ ishlab chiqarish birlashmasi boshligʻi.
1996-2001 yy. — „Toshshaharyoʻlovchitrans“ Davlat uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari.
2001-2003 yy. — Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.
2003-2005 yy. — Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi
2005-2011 yy. — Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xoʻjalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2011-2012 yy. — Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi.
2012-2018 yy. — Toshkent shahar hokimi.
2018-2018 yy. — Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
2012—2017-yillarda shuningdek, „Paxtakor“ futbol klubi Prezidenti boʻlgan.
2018-2020 — Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi.
2020-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari.
2021-yildan — Toshkent metropoliteni direktori.
Mukofotlari
2008-yili "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan. 2024-yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rahmonbek usmonov haqida ma’lumot. rahmonbek usmonov nima? rahmonbek usmonov nimani anglatadi?
