Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ozarbayjonlar (ozarbayjoncha: Azərbaycanlılar) — xalq, Ozarbayjonning asosiy aholisi (8,172,800 kishi). Shuningdek, Eron (18,430 mln. kishi). Rossiya Federatsiy

Ozarbayjonlar

Ozarbayjonlar (ozarbayjoncha: Azərbaycanlılar) — xalq, Ozarbayjonning asosiy aholisi (8,172,800 kishi). Shuningdek, Eron (18,430 mln. kishi). Rossiya Federatsiyasi (621,800 — 1,500,000 kishi), Gruziya (307 ming kishi), Qozogʻiston (90 ming kishi), Armaniston va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Umumiy soni 17,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ozarbayjon tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, shia musulmonlar.

Ozarbayjonlar
Azərbaycanlılar, Azərbaycan türkləri
آذربایجانلیلار ,آذربایجان تورکلری
Umumiy aholi soni

28-35 milliongacha

Katta aholiga ega mintaqalar
Eron bayrogʻi Eron 18,5 — 18 million
 Ozarbayjon 10,172,800
 Rossiya 621,800 — 1,500,000
 Turkiya 800,000 — 2,500,000
 Gruziya 284,761
 Amerika Qoʻshma Shtatlari 24,377 — 400,000
 Qozogʻiston 85,292
 Ukraina 45,176
 Oʻzbekiston 44,400
 Turkmaniston 33,365
 Niderlandiya 18,000
 Qirgʻiziston 17,823
 Germaniya 15,219
 Buyuk Britaniya 15,000
 Belarus 6,362
 Kanada 3,465
 Latviya 1,697
 Avstriya 1,000
 Estoniya 880
 Litva 788
Tillar
Ozarbayjon tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa turkiy xalqlar

Ozarbayjonlar katta yevropeoid irqining janubiy irqiga mansub. Ozarbayjonlar etnogenezida qadim Mana (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1- yarmi), Kavkaz Albaniyasi (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmi — milodiy 10-asr), Midiya, Atropatena (miloddan avvalgi 4-asr — milodiy 7- a.) davlatlari aholisi qatnashgan. VII asrda arablar istilosidan soʻng Aderbeygon yoki Ozarbayjon nomini olgan. Miloddan avval 1-ming yillik — milodiy 1-ming yillik mobaynida eroniy va turkiyzabon qabilalar (skiflar, gunnlar, bulgʻorlar, bijanaklar va boshqalar) mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. Ozarbayjon etnik birligining shakllanishi, asosan, 11—13-asrlarda Ozarbayjonga yangi turkiy (oʻgʻuz) qabilalarining kirib kelishi natijasida yakunlangan.

Ozarbayjonlarning bir qismi sanoatda (ayniqsa, neft, gaz, asbobsozlik va boshqalar) va qishloq xoʻjaligida band. Qishloq aholisining anʼanaviy mash-gʻuloti — dehqonchilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, ipakchilik.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ozarbayjonlar haqida ma’lumot. ozarbayjonlar nima? ozarbayjonlar nimani anglatadi?

Yuqori