Nahl surasi (arabcha: سورة النحل, nomining maʼnosi — Asalari) — Qurʼonning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 267–281-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 70-boʻlib nozil boʻlgan.
| Nahl surasi — سورة النحل | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Asalari | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 267–281 | ||||||||||||
| Juz | 14 | ||||||||||||
| Sura raqami | 16 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 128 | ||||||||||||
| Sajda oyati | 50-oyat | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 16 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 1845 | ||||||||||||
| Harflar soni | 7642 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 70 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Bu sura qiyomat soati yaqinlashib qolgani haqida xabar berish bilan boshlanadi. Soʻngra Tangri taolo Oʻzining yakka-yu yolgʻiz ekani, yerdagi jonli-jonsiz butlar Unga sherik boʻlolmasliklari xususida ogohlantiradi va yer-u osmonlar, dengizlar, togʻlar, vodiy va vohalar, osmondan tushib, yerni koʻkartirayotgan yomgʻir, yerdan unib chiqib, osmonga intilayotgan nabotot,dengizlarda suzib borayotgan kemalar, kechalarda yoʻlovchi musofirlar uchun mayoq boʻlgan yulduzlar va, xususan, bir tomchi suvdan yaralib, butun borliqdan aziz va mukarram boʻlgan inson — bularning barchasi bir dono va bilimdon Yaratguvchi zot borligiga dalolat qilib turishi toʻgʻrisida uqtiriladi. Soʻngra Alloh taolo ato etgan behisob neʼmatlarning shukrini ado qilish lozimligi, kufroni neʼmat qilgan koʻrnamak kimsalarning oqibati halokat ekanligini bayon qiluvchi oyatlar keltiriladi. Sura nihoyasida Paygʻambar alayhissalom va u kishining ummatlariga Allohning diniga ilm-u hikmat va chiroyli pand-nasihat qilish bilan daʼvat etish hamda bu daʼvat yoʻlida chekiladigan jabr-u jafolarga sabr-toqat qilish amr etiladi. Tangri taoloning ojiz va moʻjizaviy maxluqi boʻlmish asalari xususida, uning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qiladigan oyatlar oʻrin olgani uchun u "Nahl" — "Asalari" surasi deb atalgandir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nahl surasi haqida ma’lumot. nahl surasi nima? nahl surasi nimani anglatadi?
