Kahf surasi (arabcha: سورة الكهف, nomining maʼnosi — Gʻor) — Qurʼonning 18-surasi. Makkiy suralardan biri, 110 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 293–304-sahifasida va 15-16-juzida joylashgan. 69-boʻlib nozil boʻlgan.
| Kahf surasi — سورة الكهف | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Gʻor | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 293–304 | ||||||||||||
| Juz | 15-16 | ||||||||||||
| Sura raqami | 18 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 110 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 12 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 1583 | ||||||||||||
| Harflar soni | 6425 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 69 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Surada kishilarning Alloh taologa boʻlgan iymon-eʼtiqodlarini mustahkamlash uchun eng goʻzal, ibratli qissalardan uchtasi soʻylab beriladi.
Ulardan birinchisi "As'hobul-Kahf" qissasi boʻlib, unda zolim hokim istibdodidan din-u iymonlarini saqlab qolish uchun oʻz jonlarini fido qilgan yigitlarning bir kahfga - gʻorga panoh tortib kirishib, u joyda uch yuz yil qolib ketishgani haqida hikoya qilinadi. Suraning "Kahf" — "Gʻor" deb nomlanishiga sabab ham shudir.
Ikkinchi qissa Muso va Xizr paygʻambarlar qissalaridirki, unda Muso alayhissalomning ilm yoʻlidagi xokisorliklari, Xizir alayhissalomning boshqa paygʻambarlarga berilmagan gʻoyibdan ogohlik neʼmatiga muyassar boʻlganliklari toʻgʻrisidagi lavhalar ilohiy qalam bilan bayon etiladi. Uchinchi qissada Alloh taoloning marhamati bilan butun dunyoni oʻz hukmida tutish sharafiga noil boʻlgan, adolat va taqvoda benazir buyuk shoh Zulqarnayn, u kishining fath-yurishlari xususida soʻz yuritiladi.
Yana bu suradan mol-u davlat gʻururlanishga arzimaydigan narsalar ekani, umuman bu hayoti dunyo oʻtkinchi – bebaqoligi haqida aytilgan bir qancha ibratli misollar ham joy olgandir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kahf surasi haqida ma’lumot. kahf surasi nima? kahf surasi nimani anglatadi?
