- Vikipediyada ismi Davron va familiyasi Nazarmuhamedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Davron Abitovich Nazarmuhamedov — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari. 2019—2023-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.
| Davron Abitovich Nazarmuhamedov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2015-yil 23-apreldan – 2017-yil 3-yanvargacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ixtiyor Abdullayev |
| Vorisi | Umar Ismoilov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-noyabr 1975-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
| Xizmat yillari | 1992-yildan |
| Unvoni | General-mayor |
Biografiyasi
1992—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.
1996—1998 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili.
1998—1999 — Sobir Rahimov tumani ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi tezkor vakili.
1999—2002 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili.
2002—2006 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, boshligʻi.
2006—2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2010—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2014—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari.
2014—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2015—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi.
2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2019—2023 — Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2023-yil 8-avgustdan 2026-yil 27-yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi.
2011-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan taqdirlangan. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, davron nazarmuhamedov haqida ma’lumot. davron nazarmuhamedov nima? davron nazarmuhamedov nimani anglatadi?

