Bakirov Abbos (1910.16.5 – Andijon – 1974.29.1) – aktyor va teatr rejissyori. O‘zbekiston SSR xalq artisti (1939).
| Abbos Bakirov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 16-may 1910-yil Andijon |
| Vafoti | 29-yanvar 1974-yil (63 yoshda) Andijon |
| Fuqaroligi | SSSR |
| Kasbi | Aktyor, rejissyor |
| Faoliyat yillari | 1931-1972-yillar |
| Turmush oʻrtogʻi | Qamara Burnasheva |
| Bolalari | Oybarchin Bakirova |
| Mukofotlari | |
Hayoti
Abbos Bakirov 16-may 1910-yilda Andijonda tugʻilgan. Otasi Said Bakir Ubaydullo oʻqimishli odam boʻlib, tabiblik ilmidan xabardor boʻlgan yana muqovasozlik bilan shugʻullangan. Onasi Sadoyixon Sayid Vaqqos qizi ham oʻz davrining oʻqimishli ayollaridan biri boʻlgan. Aktyor oilada toʻrt farzandning kenjasi boʻlgan.
Faoliyati
Faoliyatini 1931-yil Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor sifatida boshlagan. Bu davrda teatr direktori Muhitdin Qoriyoqubov, badiiy rahbar Toʻxtasin Jalilov edi. Abbos Bakirov deyarli 50 yil davomida Andijon teatrida ishladi. Avvalida sahna ishchisi boʻlgan keyinchalik aktyor, rejissyor, bosh rejissyor va badiiy rahbar lavozimiga koʻtarilgan. Rejissyorlik faoliyatida aktyorga asosan Ishoqxon qori Karimov ustozlik qilgan. Teatrda aktyor sifatida ishlaganda sahnada Mahkam polvon („Bogʻbon qiz“), Qosim dehqon („Ontarish“), Muslimboy („Halima“) va boshqa uning ilk obrazlaridir. Rustam („Rustam“), Ferdinand („Makr va muhabbat“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Romeo („Romeo va Julyetta“) kabi obrazlari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Bakirov tabiatan qatʼiyatli, intiluvchan kishi boʻlgani holda obrazlarga ham shu hislatlarni singdirishga harakat qilgan.
Teatrda koʻplab rollarni ijro etgandan soʻng katta tajriba bilan kino olamiga kirib kelgan. 1939-yil birinchi oʻzbek ovozli filmi – „Azamat“dagi Azamat roli uning kinodagi faoliyatini boshlab berdi. Shundan soʻng unga yangidan-yangi rollar ishonib topshirila boshlandi. 1943-yili „Nasriddin Buxoroda“ 1955-yili „Amirlikning parchalanishi“ filmlariga taklif etilgan. Rejissyorlar Latif Fayziyev va Vladimir Basov tomonidan suratga olingan „Amirlikning parchalanishi“ filmidagi Amir Olimxon obrazi aktyorga katta shuhrat keltirgan. Amir Olimxon obrazini yaratgandan keyin „Abu Ali ibn Sino“ filmida Sulton Mahmud, „Hamza“ (1961-yili) filmida Shayx Ismoil, „Osiyo ustidagi boʻron“ filmida Qoplonbek, „Oʻtgan kunlar“ filmida Yusufbek hoji rollarini ijro etgan.
Eng yaxshi rollari: Amir Olimxon (Amirlik parchalanishi), Sulton Mahmud („Abu Ali ibn Sino“), Abbos („Ulugʻbek yulduzi“), Aʼzamxon („Ikki dil dostoni“), Yusufbek hoji („Oʻtgan kunlar“) va boshqa Insonning shaxsiy kechinmasi bilan eʼtiqodi, dunyoqarashini mushtarak tarzda koʻrsatishda, ayniqsa, Yusufbek hoji roli Bakirovni realistik sanʼatning moxir ustasi ekanini koʻrsatdi. B. ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan oʻynagan. U sahnada tana, qoʻl harakatlaridan, ayniqsa, yuz, koʻz va ohangdan ustalik bilan foydalangan. Rejissyor sifatida1940-yildan boshlab faoliyat yurita boshlagan va 40 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan. Xalq tarixi, urf-odatlarini yaxshi bilganligi tufayli Bakirov milliy asarlarni alohida muvaffaqiyat bilan omma oldiga olib chiqgan: „Alisher Navoiy“, „Shohi soʻzana“, „Ogʻriq tishlar“, „Muqimiy“, „Xolisxon“, „Nurxon“, „Nodira“, „Layli va Majnun“ va boshqalar shular jumlasidandir.
Shaxsiy hayoti
Abbos Bakirov 1940-yilda aktrisa Qamara Burnasheva bilan turmush qurgan. Ularning qizi Oybarchin Bakirova 1957-yil 27-iyunda tugʻilgan. U ham aktrisa va unga 2000-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvoni berilgan.
Oʻlimi
Aktyor 1974-yil 29-yanvarda vafot etgan va Andijonga dafn qilingan.
Xotira
Andijon shahar yoshlar teariga, shuningdek, shahardagi kinoteatrlardan biriga Abbos Bakirov nomi berilgan.
Ijodi
Teatrdagi rollar
- „Bogʻbon qiz“ („Bogʻbon qizi“) T. Sodiqov – Mahkam polvon
- „Magʻlubiyat“ K. Yashin – Arslon, Ahmad ponsod
- „Boy ila xizmatchi“ Hamza Hakimzoda Niyoziy – Gʻafur
- U. Ismoilovning „Rustam“ – Rustam
- „Inspektor“ N. Gogol – Xlestakov, Gorodnichiy
- „Fitna va sevgi“ F. Shiller – Ferdinand
- „Romeo va Juliet“ V. Shekspir – Romeo
- „Toʻntarish“ – Qosim dehqon
- „Hamida“ – Muslimboy
Filmdagi rollar
- 1939-yil – Azamat – Azamat
- 1955-yil – Amirlik parchalanishi – Buxoro amiri
- 1956-yil – Abu Ali Ibn Sino – Sulton Mahmud Gʻaznaviy
- 1956-yil – Baxt nomi bilan – Rahmonov
- 1958-yil – Lenin yoʻllanmasi – Kari
- 1958-yil – Oʻgʻillar davom etadi – Qosim
- 1958-yil – Maftuningman – Afzalov
- 1961-yil – Kichik qush – Nasirov
- 1963 yil – Fargʻonalik beshlik – Oʻrozov
- 1964-yil – Ulugʻbek yulduzi – Abbos
- 1964 yil – Burya nad Aziey – Qoflonbek
- 1964 yil – Qiyin yoʻl – Tursunov
- 1966-yil – Ikki yurak sheʼri – Aʼzamxon
- 1968-yil – Komandirning qaytishi – Arslonov
- 1968 yil – Inqilob chavandozlari – Xudoyorov
- 1969-yil – Oʻtgan kunlar – Yusufbek Hoji
- 1970-yil – Qora konsulning oʻlimi – Xudoyar Pansod
- 1973-yil – Xalqdan biri – Rustambek Toʻqsabo
- 1974-yil – Qaldirgʻochlar bahorda keladi – Fattoh bobo
- 1975-yil – Mejgoryeda edi – Mulla Hasan
Unvonlar va mukofotlar
- O‘zbekiston SSR xalq artisti (1939)
- SSSR xalq artisti (1970)
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti (1970)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1959)
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni (Oʻzbekiston, 2001) – vafotidan keyin.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abbos bakirov haqida ma’lumot. abbos bakirov nima? abbos bakirov nimani anglatadi?
