Toha surasi (arabcha: سورة طه, nomining maʼnosi — To, ha (harf)) — Qurʼonning 20-surasi. Makkiy suralardan biri, 135 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 312–321-sahifasida va 16-juzida joylashgan. 45-boʻlib nozil boʻlgan.
| Toha surasi — سورة طه | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | To, ha (harf) | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 312–321 | ||||||||||||
| Juz | 16 | ||||||||||||
| Sura raqami | 20 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 135 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 8 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | To, ha. | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 45 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Bu sura Muhammad alayhissalomga xitob qilish bilan boshlanib, u zotga bor mavjudotning Hojasi tomonidan ingan Qur'oni Karimning Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun bir pand-nasihat ekani va Yaratganning eng maxfiy narsalardan ham ogoh boʻlgan zot ekanligi bayon qilinadi. Bu surada Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga undan avval oʻtgan salaflari uchun ham Haq yoʻliga daʼvat qilish oson boʻlmaganini eslatib, suraning asosini tashkil etadigan Muso va Horun paygʻambarlarning qissasini batafsil bayon qiladi. Unda Muso alayhissalomning qay holatda paygʻambar boʻlganlari va u zotga Tangri taolo tomonidan qanday moʻjizalar ato etilgani; Muso bilan zolim Firʼavn oʻrtasidagi mujodala; Muso bilan sehrgarlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan muboraza-musobaqa; nihoyat Firʼavn va uning lashkarlari qanday halok boʻlganlari va boshqa voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi.
Yana bu surada barcha jonzot hisob-kitob uchun jamlanadigan qiyomat kunida ovozlar ham Rahmonga taʼzim qilishlari va faqat pichirlashlargina quloqqa chalinishi kabi qiyomat manzaralari ham tasvirlab oʻtiladi hamda Haq yoʻlidan toymagan kishilar oʻzlariga vaʼda qilingan jannatlarga kiritilib, kofirlar esa jahannamga tashlanishlari haqida xabar beriladi. Sura paygʻambar alayhissalomga ayrim ilohiy yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish bilan nihoyalanadi.
Bu suraning nima sababdan "Toha" deb nomlangani xususida turli rivoyatlar mavjuddir. Ularning aksarida "Toha" — paygʻambar alayhissalomning ismlaridan biridir, deyiladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, toha surasi haqida ma’lumot. toha surasi nima? toha surasi nimani anglatadi?
