Maryam surasi (arabcha: سورة مريم,) — Qurʼoni Karimning 19-surasi. Makkada nozil boʻlgan, 98 oyatdan iborat.
| Maryam surasi — سورة مريم | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Maryam (nom) | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 305–312 | ||||||||||||
| Juz | 16 | ||||||||||||
| Sura raqami | 19 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 98 | ||||||||||||
| Sajda oyati | 58-oyat | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 6 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | Kaf, ha, yo, ayn, sod. | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 972 | ||||||||||||
| Harflar soni | 3835 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 44 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Bu surada ham bir qancha paygʻambarlar qissalari zikr qilinadi. Dastlab Zakariyo va uning keksalik chogʻida koʻrgan farzandi Yahyo haqida soʻzlanib, soʻngra eng ajib va gʻarib qissa — Maryam va uning beota dunyoga kelgan va beshikda yotgan chogʻidayoq tilga kirib, oʻzining kimligini aytgan farzandi Isoning qissasi hikoya qilinadi va Yaratgan nazdida bu oson ish ekanligi taʼkidlanadi. Suraning "Maryam" deb nomlanishiga ham sabab shudir.
Yana bu surada Alloh taoloning paygʻambarlaridan Ibrohim, Is'hoq, Yaʼqub, Muso, Horun, Ismoil, Idris va Nuhlarning nomlari ham zikr qilinib, ularning barchalari bir zanjirning halqalari ekanliklari, yaʼni Yagona Allohning diniga daʼvat etganliklari yana bir bor eslatib oʻtiladi.
Shuningdek, bu surada qiyomatning ayrim manzaralari, u kunning dahshatlari — jahannamga tashlanishlarini kutib, tiz choʻkib turgan kofirlarning ahvoli ilohiy qalam bilan chizib beriladi. Lekin U zotning yolgʻiz Allohga bandalik qiladigan kishilarga bu dunyoda ham, u dunyoda ham rahm-shafqatli ekanligi taʼkidlanib, suraning bir necha oʻrinlarida Alloh kalimasining oʻrniga "Rahmon" - "Mehribon" soʻzi qoʻllanadi.
Sura nihoyasida Alloh taoloning farzand va sherikdan pok — tengi yoʻq zot ekani yana bir karra uqtirib oʻtiladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, maryam surasi haqida ma’lumot. maryam surasi nima? maryam surasi nimani anglatadi?
