Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Matematik statistika — statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, qayta ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrga

Matematik statistika

Matematik statistika — statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, qayta ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadigan fan. Statistik maʼlumotlar deganda muayyan (miqdoriy) belgilarga ega boʻlgan majmualarning elementlari soni haqidagi maʼlumotlar tushuniladi. Biror majmua elementlarining muayyan belgilari toʻgʻrisida shu haqdagi statistik maʼlumotlarga qarab u yoki bu xulosaga kelish usuli statistik usul deyiladi. Bu usul ilm-fanning juda koʻp sohalarida keng qoʻllanadi. Statistik usulning turli sohalardagi tatbiqlarining umumiy hislatlari (biror guruhga kiruvchi elementlarni hisoblash, miqdoriy belgilarning taqsimotlarini topish, tanlamalar usulini qoʻllash, biror xulosaga kelish uchun zarur boʻlgan tajribalar sonini ehtimollar nazariyasidan foydalanib topish, miqdoriy belgilar orasidagi bogʻlanishlarni aniqlash va hokazo), yaʼni oʻrganilayotgan obyektlarning tabiati ahamiyatsiz boʻlgan masalalar Matematik statistikaning predmetini tashkil qiladi. Statistik usul koʻp hollarda ommaviy tasnifli hodisalarni oʻrganish usuli boʻlgani uchun ehtimollar nazariyasi bu usulning nazariy asosini tashkil qiladi. Matematik statistika bayoniy statistika, nomaʼlum parametrlarni baholash, statistik gipotezalarni tekshirish, miqdoriy belgilarning statistik bogʻlanishlarini aniqlash va boshqa boʻlimlardan iborat.

Adabiyot

Vander-Vaarden B. L., Matematicheskaya statistika, per. s nem., – M., 1960; Romanovskiy V.I., Matematicheskaya statistika, t. 1—2, T., 1961—63;

Sirojiddinov S.H., Mamatov M.M., Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, – T., 1980;

Bocharov P.P., Pechinkin A. V., Teoriya veroyatnostey, Matematicheskaya statistika, – M., 1998.

Tursun Azlarov.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, matematik statistika haqida ma’lumot. matematik statistika nima? matematik statistika nimani anglatadi?

Yuqori