Nikolay Kopernik (olmoncha: Nikolaus Kopernikus ; italyancha: Niccolò Copernico; polyakcha: , yoshligida Niclas Koppernigk; lotincha: Nicolaus Copernicus, 19-fevral, 1473 – 24-may, 1543) — Uygʻonish davrining astronomi va Yerni olam markazidan olib tashlagan geliosentrik kosmologiyani shakllantirgan birinchi inson.
| Nikolay Kopernik | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 19-fevral 1473-yil Torun (Toruń), Qirol Prussiyasi, Polsha Qirolligi |
| Vafoti | 24-may 1543-yil (70 yoshda) Frombork, Qirol Prussiyasi, Polsha Qirolligi |
| Fuqaroligi | Kingdom of Poland |
| Sohasi | Matematika, astronomiya, tibbiyot, iqtisodiyot |
| Taʼlimi | Krakov universiteti, Bolonya universiteti, Padua universiteti, Ferrara universiteti |
| Mashhur ishlari | Geliosentrizm, Copernicus qonuni |
| Dini | Rim katoligi |
Kopernikning vafotidan oz vaqt avval chop etilgan De revolutionibus orbium coelestium (Osmon sferalarning inqilobi) nomli kitobi koʻpincha zamonaviy astronomiyaning boshlangʻich nuqtasi va fan inqilobini boshlab bergan vahiy deya ataladi. Uning Quyosh olam markaziga joylashtirilgan geliosentrik modeli osmon jismlarining harakati Yerni olam markaziga qoʻymasdan turib tushuntirish mumkinligini isbot qiladi. Bu kashfiyot fan tarixida Kopernik inqilobi deya ataladi.
Uygʻonish davrining buyuk daholari singari Kopernik matematik, astronom, qonunshunoslikda doktor unvoniga ega boʻlgan yurist, shifokor, poliglot, tarjimon, rassom, katolik cherkovining ishchisi, siyosatchi, diplomat va iqtisodchi boʻlgan.
Kopernik Nikolay (polyakcha — Kopernik, lot. Copernicus — 1473.19.2, Torun, Polsha — 1543.24.5, Frambork, Polsha) — polyak astronomi, geliotsentrik sistema asoschisi. 1492—94 yillarda Krakov universitetida, keyinchalik Italiyaning Bolonyadagi universitet va boshqa universitetlarida huquqshunoslik, tibbiyot, astronomiya va matematika fanlarini oʻrgangan. K. zamonasining yetuk astronomlaridan biri boʻlgan. U 1543-yilda "Osmon sferalarining aylanishi haqida" asarini nashr ettirgan. Bu asarda Ptolemeynnng fan va dinda hukmron boʻlib kelgan geotsentrik sistemasini rad qiluvchi geliotsentrik sistemani bayon etgan. K. oʻz sistemasida Yerni oddiy sayyoralardek Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanadi degan fikrni ilgari surgan. Geliotsentrik sistemaning toʻgʻriligi tez orada Galiley, Kepler, I. Nyuton kashfiyotlari bilan isbotlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nicolaus copernicus haqida ma’lumot. nicolaus copernicus nima? nicolaus copernicus nimani anglatadi?
