Yunus surasi (arabcha: سورة يونس, nomining maʼnosi — Yunus (nom) ) — Qurʼonning 10-surasi. Makkiy suralardan biri, 109 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 208–221-sahifasida va 11-juzida joylashgan. 51-boʻlib nozil boʻlgan.
| Yunus surasi — سورة يونس | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Yunus (nom) | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 208–221 | ||||||||||||
| Juz | 11 | ||||||||||||
| Sura raqami | 10 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 109 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 11 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | Alif, lom, ro. | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 1841 | ||||||||||||
| Harflar soni | 7425 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 51 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Ushbu surada islomiy aqidaning asl mohiyati: Allohga iymon keltirish, Uning kitoblariga, paygʻambarlariga, qayta tirilishga va qiyomat kunidagi jazo-mukofotga ishonish haqida soʻz boradi. U ilohiy kitoblarga, xususan, Qurʼoni Karimga iymon keltirishga qizgʻin daʼvat qilishi bilan boshqa suralardan ajralib turadi.
Bu sura boshida paygʻambarlik va paygʻambarlar haqida soʻz ketib, Alloh avval-u oxir hamma bandalariga Oʻz paygʻambarini yuborganini, binobarin, oxirgi paygʻambar Muhammad alayhissalomning kelishlaridan ajablanishga oʻrin yoʻqligini uqtiradi. Keyin Xudo va bandaning haqiqati bayon qilinib, Yaratgan bilan yaralgan orasidagi aloqa qanday boʻlishi lozimligi aytiladi va odamlarga haqiqiy Parvardigorlari qanday zot ekanligi tanitilib, faqat Ungagina ibodat qilishlari durust va zarur ekanligi taʼkidlanadi. Yana bu surada mushriklarning Qurʼonga boʻlgan munosabatlari haqida hikoya qilinib, bu Kitob haqiqiy ilohiy moʻjiza ekani aytiladi. Va "Uni Muhammad oʻzi toʻqib yozgan", deb unga oʻxshash birgina sura yozib bersinlar, asossiz ekanligi oshkor etiladi.
Surada Nuh, Muso, Yunus kabi paygʻambarlarning qissalari zikr qilinadiki, suraning nomi ham ulardan biri — Yunus paygʻambar ismlari bilan atalgandir. Sura nihoyasida esa paygʻambar alayhissalomga faqat Allohning koʻrsatma-vahiylariga amal qilish va Alloh yoʻlida chekiladigan ozor-mashaqqatlarga sabr-u toqat qilish amr etiladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yunus surasi haqida ma’lumot. yunus surasi nima? yunus surasi nimani anglatadi?
