Tavba surasi (arabcha: سورة التوبة, nomining maʼnosi — Tavba) — Qurʼonning 9-surasi. Madiniy suralardan biri, 129 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 187–207-sahifasida va 10-11-juzida joylashgan. 113-boʻlib nozil boʻlgan.
| Tavba surasi — سورة التوبة | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Tavba | ||||||||||||
| Tasnifi | Madaniy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 187–207 | ||||||||||||
| Juz | 10-11 | ||||||||||||
| Sura raqami | 9 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 129 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 16 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 2506 | ||||||||||||
| Harflar soni | 10873 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 113 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Ushbu sura paygʻambar alayhissalom sahobalar bilan Tabuk jangidan qaytayotganlarida nozil boʻla boshlagan. (Tabuk — Madina bilan Damashq orasidagi haj yoʻli ustida joylashgan vohadir. Hijriy toʻqqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar oʻrtasida jang boʻlgan edi). Bu surada Shariati islomiyaning koʻpgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad koʻzda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda boʻlish lozimligi xususidagi qatʼiy hukmini bildirish boʻlsa, ikkinchisi: Paygʻambar alayhissalom gʻazotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni koʻrsatishdir.
Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qurʼondagi mavjud bir yuz oʻn toʻrt suraning ichidan yolgʻiz mana shu sura avvalida "Bismilloh" aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar "Tavba" mazmun-mohiyati jihatidan oʻzidan avvalgi "Anfol" surasining davomi boʻlgani uchun ikkisining oʻrtasini ajratish zarurati boʻlmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: "Bismilloh" Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jang-u jadallar va Allohning laʼnatiga giriftor boʻlgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida soʻz yuritiladi. Shu boisdan uning avvalidagi "Bismilloh" aytilmasligi lozim boʻlgan", deganlar. Bu suraning bir necha nomi boʻlib, ulardan eng mashhuri "Tavba"dir. Sura nihoyasida Alloh moʻminlarning tavbalarini qabul etishi eʼlon qilingani uchun ham bu sura "Tavba" nomi bilan atalgandir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tavba surasi haqida ma’lumot. tavba surasi nima? tavba surasi nimani anglatadi?
