Naml surasi (arabcha: سورة النمل, nomining maʼnosi — Chumoli) — Qurʼonning 27-surasi. Makkiy suralardan biri, 93 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 377–385-sahifasida va 19-20-juzida joylashgan. 48-boʻlib nozil boʻlgan.
| Naml surasi — سورة النمل | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Chumoli | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 377–385 | ||||||||||||
| Juz | 19-20 | ||||||||||||
| Sura raqami | 27 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 93 | ||||||||||||
| Sajda oyati | 26-oyat | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 7 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | To, sin. | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 48 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Ushbu surada paygʻambarlardan Muso, Solih, Lut alayhissalomlarning qissalari zikr qilinadi va, xususan, Dovud va Sulaymon paygʻambarlar haqida bir qadar batafsil toʻxtalib, Sulaymon alayhissalom Alloh taoloning paygʻambari boʻlish bilan birga yana jamiyki ins-u jin va parranda-yu darranda olamiga podshoh qilingani toʻgʻrisida hikoya qilinadi hamda u zot bilan Sabaʼ mamlakatining Malikasi Bilqis oʻrtasida boʻlib oʻtgan voqealar ham tasvirlanadi.
Yana bu surada Qurʼondagi pand-nasihat, ibrat-eslatmalardan faqat koʻzi ochiq kishilargina foydalanishlari mumkinligi ayricha taʼkidlab oʻtiladi.
Shuningdek, qiyomat qoyim boʻlishi oldidan yer yuziga chiqadigan jonivor haqidagi xabar hamda moʻmin va kofirlarning qiyomat kunidagi ahvoli xususidagi ibratli oyatlar ham shu suradan joy olgandir.
Surada Alloh taoloning eng zaif va zahmatkash maxluqlaridan biri boʻlgan chumoli haqida ham zikr qilingani sababli u "Naml" — "Chumoli" surasi deb atalgandir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, naml surasi haqida ma’lumot. naml surasi nima? naml surasi nimani anglatadi?
