Qasos surasi (arabcha: سورة القصص, nomining maʼnosi — Qissa) — Qurʼonning 28-surasi. Makkiy suralardan biri, 88 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 385–396-sahifasida va 20-juzida joylashgan. 49-boʻlib nozil boʻlgan.
| Qasos surasi — سورة القصص | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Qissa | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 385–396 | ||||||||||||
| Juz | 20 | ||||||||||||
| Sura raqami | 28 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 88 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 9 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | To, sin, mim. | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 49 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Sura oʻz maʼno-mohiyati, eʼtibori bilan "Shuaro" va "Naml" suralarining davomidir.
Bu surada insonlar ibrat olishlari uchun ikki zolim kimsaning qilgan kirdikorlari va topgan oqibat-halokatlari haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri qoʻl ostidagi hukm-u saltanat sababli oʻzidan ketib, hatto oʻzini Xudo deb atashgacha borib yetgan zolim va mustabid podshoh - Firʼavn boʻlsa, ikkinchisi topgan mol-u davlatiga mast boʻlib, din-u diyonatni unutgan Qorundir.Qurʼon ulardan birini suv, ikkinchisini esa yer yutgani haqida xabar beradi.
Bu surada Alloh taoloning suyukli paygʻambarlaridan Muso alayhissalomning tugʻilishlaridan tortib, qanday paygʻambar boʻlganlari va koʻrgan-kechirgan ibratli sarguzashtlari boshqa suralarga nisbatan mufassal va mukammal soʻylangani sababli u "Qasos" - "Qissa" deb atalgandir. Sura ikki dunyo saodati boʻlmish iymon-eʼtiqodga daʼvat qilish bilan xotimalanadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qasos surasi haqida ma’lumot. qasos surasi nima? qasos surasi nimani anglatadi?
