Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

POMPIDU (Pompidou) Jorj (5-iyul 1911-yil, Monbudif — 2-aprel 1974-yil, Parij) — Fransiya davlat va siyosat arbobi. Qarshilik koʻrsatish harakatiga qoʻshilgan (1

Georges Pompidou

POMPIDU (Pompidou) Jorj (5-iyul 1911-yil, Monbudif — 2-aprel 1974-yil, Parij) — Fransiya davlat va siyosat arbobi. Qarshilik koʻrsatish harakatiga qoʻshilgan (1940). Charles de Gaulle bilan birga "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasini tuzishda qatnashgan (1947). 1962—68 yillarda bosh vazir. 1969—74 yillarda Fransiya Prezidenti. Tashqi siyosat bobida P., asosan, general de Goll tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarga tayangan, jumladan, Fransiyaning xalqaro keskinlikni yumshatish, qurollanish poygasiga chek qoʻyish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishiga muhim hissa qoʻshishi lozimligini taʼkidlagan. 1970-yil P. SSSRga rasmiy tashrif bilan kelib, Oʻzbekistonda ham boʻlgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, georges pompidou haqida ma’lumot. georges pompidou nima? georges pompidou nimani anglatadi?

Yuqori