Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Quruqlikdagi qoʻshinlar - qurolli kuchlar turi. Asosan, quruqlikda jangovar harakatlar olib borish uchun moʻljallangan. Aksariyat mamla-katlarda Quruqlikdagi qo

Quruqlikdagi qoʻshinlar

Quruqlikdagi qoʻshinlar - qurolli kuchlar turi. Asosan, quruqlikda jangovar harakatlar olib borish uchun moʻljallangan. Aksariyat mamla-katlarda Quruqlikdagi qoʻshinlar ularning harbiy qudra-tining asosini tashkil qiladi. Bir qancha davlatlarda Quruqlikdagi qoʻshinlar qoʻshin turlari (motooʻqchi, tank, havo-desant, raketa qoʻshinlari va artilleriya, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari), armiya aviatsiyasi, maxsus qoʻshinlar (muhan-dislik, kimyoviy, radiotexnika, aloqa, avtomobil, yoʻl), front orqasidagi qismlar va muassasalar qismlaridan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasida Qurolli Kuchlarning oʻzagini tashkil etuvchi Quruqlikdagi qoʻshinlar tajovuzkorning zarbalarini qaytarishga, egallab turilgan mintaqalar, marralarni qoʻldan bermaslik-ka, shuningdek, dushman qoʻshinlarining bostirib kirgan guruhlarini tor-mor qilishga moʻljallangan. Quruqlikdagi qoʻshinlar tarkibiga motooʻqchi, tankchi va artilleriya qoʻshilmalari va qismlari, havo desanti, hujumchi desant, havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari, tez hara-kat qiluvchi kuchlar qismlari, taʼminot qismlari va boʻlinmalari kiradi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, quruqlikdagi qoʻshinlar haqida ma’lumot. quruqlikdagi qoʻshinlar nima? quruqlikdagi qoʻshinlar nimani anglatadi?

Yuqori