Buddizm |
|---|
| Madaniyati |
| Tarixi |
| Buddistlar |
| Maktablar |
| Ibodatxonalar |
| Matnlar |
| Portal |
Mahāyāna buddizmida bodhichitta („maʼrifatga intilish“ yoki „uygʻonish fikri“) – bu barcha jonli mavjudotlar foydasi uchun donishmandlik (prajñāpāramitā) va rahm-shafqat (Karuṇā) orqali uygʻonishga qaratilgan ongdir (chitta).
Bodhichitta – bu Mahāyāna anʼanasidagi bodhisattvaning (yaʼni, buddalikka erishishga intilayotgan mavjudot) asosiy sifati hisoblanadi. Bodhichittaning yuzaga kelishi (bodhicittotpāda) bodhisattvani aynan bodhisattvaga aylantiruvchi holatdir. Bodhichitta – bodhisattvaning kelajakdagi buddaligiga olib boruvchi sababdir. Oʻn bosqich sutrasiga koʻra, bodhichittaning yuzaga kelishi bodhisattvaning ruhiy yoʻlida birinchi qadamdir.
Etimologiyasi
Etimologik jihatdan bu atama Sanskrit tilidagi bodhi va chitta soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Bodhi – „uygʻonish“ yoki „maʼrifat“ degan maʼnoni anglatadi. Chitta esa sanskritcha chit so'zidan kelib chiqqan boʻlib, „ongli narsa“, yaʼni „ong“ yoki „shuur“ degan maʼnoga ega. Shu sababli, bodhichitta „ogning uygʻonishi“ yoki „maʼrifatning oydinligi“ deb tarjima qilinadi. Baʼzan bu atama „maʼrifat intilish istagi“ deb ham tarjima qilinadi.
Izohlar
- Atama tarkibiy qismlarining taʼriflari uchun qarang: bodhi va citta — Vikilug‘at.
Adabiyotlar
- Gampopa, Khenpo Konchog Gyaltsen. The Jewel Ornament of Liberation: The Wish-Fulfilling Gem of the Noble Teachings. Shambhala, 1998. ISBN 9781559390927.
- Gyatso, Tenzin. The World of Tibetan Buddhism: An Overview of Its Philosophy and Practice. Wisdom Publications, 1995. ISBN 978-0861710973.
- Harvey, Peter. An Introduction to Buddhist Ethics. Cambridge University Press, 2000. ISBN 978-0521556408.
- Powers, John. Introduction to Tibetan Buddhism. Snow Lion Publications, 2007. ISBN 978-1559392822.
- Sangharakshita. A Guide to the Buddhist Path. Windhorse Publications, 1990. ISBN 978-1907314056.
- Sopa, Geshe Lhundub; Pratt, David. Steps on the Path to Enlightenment Vol. 1. Wisdom Publications, 2004. ISBN 978-0861713035.
- Wangchuk, Dorji. Studia Philologica Buddhica XXIII. The Resolve to Become a Buddha: A Study of the Bodhicitta Concept in Indo-Tibetan Buddhism. International Institute for Buddhist Studies, 2007. ISBN 978-4-906267-59-0.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bodhichitta haqida ma’lumot. bodhichitta nima? bodhichitta nimani anglatadi?