Julian Brandt (talaffuzi: Yulian Brandt) (1996-yil 2-may, Bremen, Germaniya) – nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Julian Brandt | ||
| Tavallud sanasi | 2-may 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Bremen, Germaniya | ||
| Boʻyi | 1.85 m | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussia Dortmund | ||
| Raqami | 19 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2001—2009 | SC Borgfeld | ||
| 2009—2011 | FC Oberneuland | ||
| 2011—2014 | VfL Wolfsburg | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014 | Bayer Leverkusen II | 1 | (1) |
| 2014—2019 | Bayer Leverkusen | 165 | (34) |
| 2019– | Borussia Dortmund | 171 | (33) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2011 | Germaniya U15 | 2 | (2) |
| 2011—2012 | Germaniya U16 | 3 | (1) |
| 2012—2013 | Germaniya U17 | 19 | (5) |
| 2013—2014 | Germaniya U19 | 14 | (2) |
| 2015 | Germaniya U20 | 6 | (2) |
| 2015—2016 | Germaniya U21 | 8 | (1) |
| 2016 | Germaniya U23 | 6 | (0) |
| 2016— | Germaniya | 48 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-may uchun) | |||
Klubdagi faoliyati
Julian oʻz faoliyatini oddiy Borgfeldda boshlagan. 2009-yilda u Oberneuland oʻsmirlar jamoasiga oʻtgan va ikki yildan soʻng „Wolfsburg“ jamosiga oʻtgan. 2014-yilda isteʼdodli yarim himoyachi „Bayer 04“ klubi futbolchisiga aylangan. Uning Germaniya oliy ligasidagi debyuti 2014-yilning 15-fevralida "Schalke 04" jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. U Chempionlar ligasidagi debyutini uch kundan keyin Paris Saint-Germanga qarshi oʻtkazgan. 2014-yilning 4-aprelida Julian Germaniya chempionatidagi ilk golini „Gamburger SV“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.
2019-yilning 22-may kuni Julian Dortmundning „Borussiya“ jamosiga oʻtgan, shartnoma 2024-yilgacha moʻljallangan. „Augsburg“ jamoasiga qarshi debyutida u birinchi golini urgan.
Jamoadagi faoliyati
Julian Germaniya terma jamoasini bir necha yosh toifalarida himoya qilgan. Yoshlar toifasidagi erishgan eng katta yutugʻi qitʼa kubogi kumush medali.
19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida u 2014-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan Brandt Germaniya Olimpiya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, u bilan 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Julian birinchi marta 2016-yilda Yevropa chempionati uchun ariza topshirgan lekin kutilmagan holda kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. U butun turnirni zaxirada oʻtkazgan va unda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 2017-yilda u Konfederatsiyalar kubogi gʻolibiga aylangan. 2018-yilgi jahon chempionatida qatnashgan.
Statistika
Faoliyat statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Bayer Leverkusen | 2013—2014 | Bundesliga | 12 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | – | 14 | 2 | |
| 2014—2015 | 25 | 4 | 4 | 0 | 6 | 0 | – | 35 | 4 | |||
| 2015—2016 | 29 | 9 | 3 | 1 | 12 | 0 | – | 44 | 10 | |||
| 2016—2017 | 32 | 3 | 0 | 0 | 8 | 1 | – | 40 | 4 | |||
| 2017—2018 | 34 | 9 | 5 | 3 | – | – | 39 | 12 | ||||
| 2018—2019 | 33 | 7 | 3 | 2 | 7 | 1 | – | 43 | 10 | |||
| Jami | 165 | 34 | 15 | 6 | 35 | 2 | – | 215 | 42 | |||
| Borussia Dortmund | 2019—2020 | Bundesliga | 33 | 3 | 2 | 2 | 7 | 2 | 0 | 0 | 42 | 7 |
| 2020—2021 | 31 | 3 | 5 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 45 | 4 | ||
| 2021—2022 | 31 | 9 | 2 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 40 | 9 | ||
| Jami | 95 | 15 | 9 | 2 | 22 | 2 | 1 | 1 | 127 | 20 | ||
| Karyerada jami | 260 | 49 | 24 | 8 | 57 | 4 | 1 | 1 | 342 | 62 | ||
Terma jamoadagi oʻyinlar
Oʻtkazilgan oʻyinlar: 23
Urilgan gollar: 2
Gʻalaba: 14
Durang: 2
Magʻlubiyat: 7
Yutuqlar
- „Wolfsburg“
- Germaniya chempioni (19 yoshgacha) : 2013-yil
- „Borussiya Dortmund“
- Germaniya kubogi sohibi: 2020—2021; Germaniya terma jamoasi
- Yevropa chempioni (19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar) : 2014-yil
- Olimpiada kumush medali sovrindori: 2016-yil
- Konfederatsiyalar kubogi sohibi: 2017-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, julian brandt haqida ma’lumot. julian brandt nima? julian brandt nimani anglatadi?
