Moida surasi (arabcha: سورة المائدة, nomining maʼnosi — Dasturxon) — Qurʼonning 5-surasi. Madiniy suralardan biri, 120 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 106–127-sahifasida va 6-7-juzida joylashgan. 112-boʻlib nozil boʻlgan.
| Moida surasi — سورة المائدة | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Dasturxon | ||||||||||||
| Tasnifi | Madaniy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 106–127 | ||||||||||||
| Juz | 6-7 | ||||||||||||
| Sura raqami | 5 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 120 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 16 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 2837 | ||||||||||||
| Harflar soni | 11 892 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 112 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Qurʼonning eng soʻnggi suralaridan sanaluvchi bu sura Madinada nozil qilingan boʻlib, 120 oyatdan iboratdir. Unda shariat ahkomlari batafsil bayon etilishi bilan birga eʼtiqod mavzusi va ahli kitob haqida ham soʻz yuritiladi. Ushbu surada kishilar oʻrtasidagi aqd (bitim, kelishuv) muomalalari; goʻshti halol boʻlgan hayvonlarni soʻyish masalalari; ov haqidagi hukmlar; haj va umra kabi ibodatlar uchun shart boʻlgan ihrom bayoni; ahli kitoblardan boʻlgan ayollarga uylanish joizligi xususidagi hukmlar; tahorat; oʻgʻrilik, zoʻravonlik va buzgʻunchilik jinoyatlarining jazolari; ichkilik va qimor toʻgʻrisidagi soʻnggi - qatʼiy hukm va shariati islomiyaning yana boshqa koʻpdan koʻp hukm va qonunlari haqida mufassal maʼlumot beriladi.
Bundan tashqari, bu surada bizlarga pand-nasihat va ibrat boʻladigan qissalar hikoya qilinadi. Shunday qissalardan biri Bani Isroilning oʻz paygʻambarlari Muso alayhissalom bilan boʻlgan mojarolari boʻlib, unda yahudiylar iymonsiz va qoʻrqoqliklari sababli paygʻambar soʻziga kirmay, oqibatda qirq yillab choʻl-u sahrolarda sarson-sargardon boʻlib yurganlari aytiladi.
Yana bir qissada esa Odamning ikki farzandi — Qobil va Hobil oʻrtasida boʻlib oʻtgan mujodala — Qobil oʻz birodari Hobilni nohaq oʻldirgani toʻgʻrisida xabar berilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi doimiy kurash tasvirlanadi. Bu fojia yer yuzidagi nohaq qon toʻkilish fojialarining birinchisi edi.
Yana Iso paygʻambarga berilgan moʻjizalardan biri — osmondan moida (dasturxon) tushgani voqeasi ham borki, suraning "Moida" deb atalishining boisi shudir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, moida surasi haqida ma’lumot. moida surasi nima? moida surasi nimani anglatadi?
