Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tavba surasi (arabcha: سورة التوبة‎‎, nomining maʼnosi — Tavba) — Qurʼonning 9-surasi. Madiniy suralardan biri, 129 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 187–207-s

Tavba surasi

Tavba surasi (arabcha: سورة التوبة‎, nomining maʼnosi — Tavba) — Qurʼonning 9-surasi. Madiniy suralardan biri, 129 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 187–207-sahifasida va 10-11-juzida joylashgan. 113-boʻlib nozil boʻlgan.

Yunus    9–sura   Anfol
Tavba surasi — سورة التوبة
Qurʼon nusxalaridan biridagi Tavba surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 129, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 9, qora rangda - Tavba surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 113, 3. Rukuʼsi soni - 16; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:9, 3. Nozil boʻlish tartibi:113, 4. Rukuʼsi:16, 5. Oyati:129, 6. Porasi (Juzi):10-11 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Tavba
Tasnifi Madaniy sura
Statistika
Sahifasi 187–207
Juz 10-11
Sura raqami 9
Oyatlar soni 129
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 16
Muqattaot harflari yoʻq
Soʻzlar soni 2506
Harflar soni 10873
Nozil boʻlish tartibi 113

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Yunus surasi  Keyingisi 9 Oldingisi  Anfol surasi
Nozil boʻlish tartibi
Nasr surasi   Keyingisi 113 Oldingisi  Moida surasi
                                   

Asosiy maʼnosi

Ushbu sura paygʻambar alayhissalom sahobalar bilan Tabuk jangidan qaytayotganlarida nozil boʻla boshlagan. (Tabuk — Madina bilan Damashq orasidagi haj yoʻli ustida joylashgan vohadir. Hijriy toʻqqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar oʻrtasida jang boʻlgan edi). Bu surada Shariati islomiyaning koʻpgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad koʻzda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda boʻlish lozimligi xususidagi qatʼiy hukmini bildirish boʻlsa, ikkinchisi: Paygʻambar alayhissalom gʻazotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni koʻrsatishdir.

Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qurʼondagi mavjud bir yuz oʻn toʻrt suraning ichidan yolgʻiz mana shu sura avvalida "Bismilloh" aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar "Tavba" mazmun-mohiyati jihatidan oʻzidan avvalgi "Anfol" surasining davomi boʻlgani uchun ikkisining oʻrtasini ajratish zarurati boʻlmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: "Bismilloh" Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jang-u jadallar va Allohning laʼnatiga giriftor boʻlgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida soʻz yuritiladi. Shu boisdan uning avvalidagi "Bismilloh" aytilmasligi lozim boʻlgan", deganlar. Bu suraning bir necha nomi boʻlib, ulardan eng mashhuri "Tavba"dir. Sura nihoyasida Alloh moʻminlarning tavbalarini qabul etishi eʼlon qilingani uchun ham bu sura "Tavba" nomi bilan atalgandir.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tavba surasi haqida ma’lumot. tavba surasi nima? tavba surasi nimani anglatadi?

Yuqori