Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anfol surasi (arabcha: سورة الأنفال‎‎, nomining maʼnosi — Oʻljalar) — Qurʼonning 8-surasi. Madiniy suralardan biri, 75 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 177–18

Anfol surasi

Anfol surasi (arabcha: سورة الأنفال‎, nomining maʼnosi — Oʻljalar) — Qurʼonning 8-surasi. Madiniy suralardan biri, 75 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 177–186-sahifasida va 9-10-juzida joylashgan. 88-boʻlib nozil boʻlgan.

Tavba    8–sura   Aʼrof
Anfol surasi — سورة الأنفال
Qurʼon nusxalaridan biridagi Anfol surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 75, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 8, qora rangda - Anfol surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 88, 3. Rukuʼsi soni - 10; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:8, 3. Nozil boʻlish tartibi:88, 4. Rukuʼsi:10, 5. Oyati:75, 6. Porasi (Juzi):9-10 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Oʻljalar
Tasnifi Madaniy sura
Statistika
Sahifasi 177–186
Juz 9-10
Sura raqami 8
Oyatlar soni 75
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 10
Muqattaot harflari yoʻq
Nozil boʻlish tartibi 88

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Tavba surasi  Keyingisi 8 Oldingisi  Aʼrof surasi
Nozil boʻlish tartibi
Oli Imron surasi   Keyingisi 88 Oldingisi  Baqara surasi
                                   

Suraning mazmuni

Ushbu surada soʻz, asosan, gʻazot — jang haqida borib, harbiy qonun-qoidalar, urush va tinchlik holatlari hamda asir va oʻlja olish xususidagi Shariati islomiyada boʻlgan hukmlar bayon qilinadi.

Bu suraning "Anfol" — "Oʻljalar" deb nomlanishining sababi ham shudir.

U islom tarixidagi ilk jang — Badr jangidagi voqealarni batafsil hikoya qilgani uchun ayrim sahobalar uni "Badr" surasi, deb ham ataganlar. Islomiy gʻazotlar solnomasidan Badr jangi hijriy ikkinchi yilning Ramazon oyida Madinaning janubi-gʻarbida joylashgan Badr qishlogʻida boʻlib oʻtgani maʼlum. Bu jangda musulmonlar adadlari oz boʻlishiga qaramasdan, askarlar sonida ham, harbiy qurol-anjomlarda ham oʻzlaridan bir necha barobar ortiq boʻlgan mushriklar ustidan gʻalaba qozonib, dushmanning yetmish askarini halok qiladilar va yetmish kishini asir oladilar, katta oʻljalarga ega boʻladilar. Jang tugaganidan soʻng oʻljalar taqsimotida ayrim musulmonlar oʻrtasida ixtilof chiqqanda ularga pand-nasihat qilish va toʻgʻri yoʻl koʻrsatish bilan sura boshlanadi. Sura nihoyasida esa moʻminlar vatan va millatlari bir-biridan qanchalar yiroq va xilma-xil boʻlishidan qatʼiy nazar bir ummat ekanliklari, binobarin, kofir kimsalarning fitnalariga aldanmay, oʻzaro doʻst-birodar boʻlib yashab oʻtishlari lozimligi uqtiriladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anfol surasi haqida ma’lumot. anfol surasi nima? anfol surasi nimani anglatadi?

Yuqori