Anfol surasi (arabcha: سورة الأنفال, nomining maʼnosi — Oʻljalar) — Qurʼonning 8-surasi. Madiniy suralardan biri, 75 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 177–186-sahifasida va 9-10-juzida joylashgan. 88-boʻlib nozil boʻlgan.
| Anfol surasi — سورة الأنفال | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Oʻljalar | ||||||||||||
| Tasnifi | Madaniy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 177–186 | ||||||||||||
| Juz | 9-10 | ||||||||||||
| Sura raqami | 8 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 75 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 10 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 88 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Suraning mazmuni
Ushbu surada soʻz, asosan, gʻazot — jang haqida borib, harbiy qonun-qoidalar, urush va tinchlik holatlari hamda asir va oʻlja olish xususidagi Shariati islomiyada boʻlgan hukmlar bayon qilinadi.
Bu suraning "Anfol" — "Oʻljalar" deb nomlanishining sababi ham shudir.
U islom tarixidagi ilk jang — Badr jangidagi voqealarni batafsil hikoya qilgani uchun ayrim sahobalar uni "Badr" surasi, deb ham ataganlar. Islomiy gʻazotlar solnomasidan Badr jangi hijriy ikkinchi yilning Ramazon oyida Madinaning janubi-gʻarbida joylashgan Badr qishlogʻida boʻlib oʻtgani maʼlum. Bu jangda musulmonlar adadlari oz boʻlishiga qaramasdan, askarlar sonida ham, harbiy qurol-anjomlarda ham oʻzlaridan bir necha barobar ortiq boʻlgan mushriklar ustidan gʻalaba qozonib, dushmanning yetmish askarini halok qiladilar va yetmish kishini asir oladilar, katta oʻljalarga ega boʻladilar. Jang tugaganidan soʻng oʻljalar taqsimotida ayrim musulmonlar oʻrtasida ixtilof chiqqanda ularga pand-nasihat qilish va toʻgʻri yoʻl koʻrsatish bilan sura boshlanadi. Sura nihoyasida esa moʻminlar vatan va millatlari bir-biridan qanchalar yiroq va xilma-xil boʻlishidan qatʼiy nazar bir ummat ekanliklari, binobarin, kofir kimsalarning fitnalariga aldanmay, oʻzaro doʻst-birodar boʻlib yashab oʻtishlari lozimligi uqtiriladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anfol surasi haqida ma’lumot. anfol surasi nima? anfol surasi nimani anglatadi?
