Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Olmos jilosi“ — oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa. 1983-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida shu nomli to

Olmos jilosi

Olmos jilosi“ — oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa. 1983-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida shu nomli toʻplamda chop etilgan. Qissa oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinov „Olmos jilosi“ qissasini „Rene jumbogʻi“ qissasi bilan bir qatorda ilmiy-fantastika janridagi muhim oʻzbekcha asarlardan ekanligini taʼkidlagan. Qissa rus tiliga ham tarjima qilingan va „Blesk almaza“ (ruscha: Блеск алмаза) nomli toʻplamda chop etilgan.

Olmos jilosi
Muallif(lar) Hojiakbar Shayxov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i ilmiy fantastika
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1983

1983-yil „Olmos jilosi“ nomi bilan chop etilgan toʻplamga „Olmos jilosi“ qissasi bilan bir qatorda „Alanga“, „Rene jumbogʻi“, „Reya toshlari“ va „Qora tuynuk sari“ qissalari kiritilgan. Ushbu beshala qissada oʻzbek fazogiri Olmos Azizovning kosmik sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Qissalarda sovet mafkurasiga mos ravishda kommunizm gʻoyalari ilgari surilgan[manba kerak]. Toʻplamga Xudoyberdi Toʻxtaboyev taqrizchilik, Anvar Obidjon esa muharrirlik qilgan. Asar soʻnggida filolog Pirmat Shermuhamedovning Shayxov ijodi haqidai „Istiqlol shaydosi“ maqolasi keltirilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, olmos jilosi haqida ma’lumot. olmos jilosi nima? olmos jilosi nimani anglatadi?

Yuqori