Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Vest-indiya (inglizcha: West-Indies, niderlandcha: West-Indië - aynan Gʻarbiy Hindiston) — Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan bir necha ming orolni

Vest-Indiya

Vest-indiya (inglizcha: West-Indies, niderlandcha: West-Indië - aynan Gʻarbiy Hindiston) — Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan bir necha ming orolning umumiy nomi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari oraligʻida. Bagama orollarini, Katta va Kichik Antil orollari (qarang: Anshil orollari) va b. orollarni oʻz ichiga oladi. Shimoliy Amerikaga mansub. Umumiy maydoni - 240 ming km2 ga yaqin. Aholisi - 35 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), koʻpchiligi negr, mulat va kreollar. Relefining aksari qismi togʻli, karstli joylar koʻp. V.-I.da tez-tez yer qimirlab turadi. Kichik Antil o.larida soʻnmagan vulkanlar bor. V.-I. orollari mezokaynozoy yoshidagi vulkanik va choʻkindi jinslardan tuzilgan. Eng baland choʻqqisi Gaiti orolidagi Truxilo togʻi — 3175 m. V.-I.da foydali qazilma koʻp. Kubada marganes, xromit va temir rudalari, Trinidad o.da tabiiy asfalt, neft, Yamayka o.da boksit konlari bor. V.-I.da tropik passat va ekvatorial musson iqlim hukmron. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.da 21°, janubta 26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 1000–1500 mm. Daryolari qisqa, tez oqadi. Doim yashil oʻrmonlar, savannalar bor. V.-I. tropik boʻronlar paydo boʻladigan joy. Tekislik qismlarida shakarqamish, kofe, tamaki, paxta yetishtiriladi. V.-I.da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbados, Gaiti, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kuba, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka davlatlari hamda Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya va AQSH mulklari bor. Orollarning koʻpchiligi Xristofor Kolumb tomonidan 1492—1502 yillarda Hindistonga dengiz orqali gʻarbdan boriladigan yoʻlni qidirish vaqtida kashf qilingan. Kolumb orollarni Hindistonning bir kismi deb hisoblagan va shu bois Hindiston deb atagan. Yevropaliklar haqiqiy Hindistonni kashf qilganlaridan soʻng undan farqlash uchun "Gʻarbiy" soʻzi qoʻshilgan.

  Gʻarbiy Yangi Gvineya

Yana qarang

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, vest-indiya haqida ma’lumot. vest-indiya nima? vest-indiya nimani anglatadi?

Yuqori