Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mehriddin Abdullayev Razzoqovich (1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan) — „Bunyodkor“ futbol klubi prezidenti, „O‘zbekneftgaz“ AJ boshqaruv ra

Mehriddin Abdullayev

Mehriddin Abdullayev Razzoqovich (1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan) — „Bunyodkor“ futbol klubi prezidenti, „O‘zbekneftgaz“ AJ boshqaruv raisi. 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi, huquqshunos. Texnika fanlari doktori(Dsc)

Mehriddin Abdullayev
Меҳриддин Раззоқович Абдуллаев
Oʻzbekneftgaz kompaniyasi raisi
Mansab davri
2021-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Siddiqov
Vorisi Bahodir Siddiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-noyabr 1969-yil (1969-11-27) (56 yosh)
Buxoro viloyati Jondor tumani
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti
Mukofotlari

Faoliyati

Mehriddin Abdullayev mehnat faoliyatini 2003-yili Jondor tumanidagi Markaziy bankda boshlagan. 2003−2006-yilllar oraligʻida bankning Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik mamlakatning bank tizimida turli lavozimlarida, xususan 2006−2010-yillarda Markaziy bankning hududiy boshqarmasi rahbari, Milliy bank raisining birinchi o‘rinbosari, „Asaka“ banki filiali boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2010-yildan mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davom ettirdi. 2010−2012-yillarda Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori, 2012−2015-yillarda Moliya vazirining o‘rinbosari, 2015−2016-yillarda Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016−yilda Buxoro viloyati hokimining huquqni muhofaza qilish organlari, yoshlar siyosati faoliyatini muvofiqlashtirish, maʼmuriy masalalar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari birinchi o‘rinbosari, 2017-yilda hokimliklarning boshqaruv tuzilmasi yangilanganidan keyin viloyat hokimining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2016−2017-yillar oraligʻida Buxoro viloyatining hokim o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan

2017-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlashidan oldin ushbu palata raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2022-yil 4-sentyabrdagi Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan hamkasblariga tabrik yoʻllagan. Mehriddin Abdullayev boshchiligida Bunyodkor klub rahbariyati, futbolchilar va fan klub aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2021−2022-yillardagi klubdagi salbiy koʻrsatkichlarni keskin tanqid qildi.

Mukofotlari

2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mehriddin abdullayev haqida ma’lumot. mehriddin abdullayev nima? mehriddin abdullayev nimani anglatadi?

Yuqori