Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Inoyatov Rustam Rasulovich (22-iyun 1944-yilda tugʻilgan) — 1995-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi, 2018-yildan 2021

Rustam Inoyatov

Inoyatov Rustam Rasulovich (22-iyun 1944-yilda tugʻilgan) — 1995-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi, 2018-yildan 2021-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.

Inoyatov Rustam Rasulovich
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2018-yil 31-yanvardan – 2021-yil 15-noyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Otabek Murodov
Vorisi Baxtiyor Islomov
 2-Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi
Mansab davri
1995-yil 27-iyundan – 2018-yil 31-yanvargacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Gʻulomjon Aliyev
Vorisi Ixtiyor Abdullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-iyun 1944-yil (1944-06-22) (81 yosh)
Sherobod Surxondaryo
Mukofotlari Amir Temur ordeni1-darajali Shon-sharaf ordeni2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1968—2018
Unvoni General-polkovnik

Faoliyati

1968-yilda Toshkent Davlat Universiteti Sharqshunoslik fakultetini „eronshunos“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, fors tillarini mukammal biladi. Oʻqishni bitirgach, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtagan.

1972-yilda Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB)ga xizmatga qabul qilingan.

1976-1981-yillarda — SSSRning Afgʻonistondagi vatandoshlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati xodimi.

1981-1991-yillarda — SSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Birinchi bosh boshqarmasi (tashqi razvedka xizmati) xodimi.

1991-1995-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari.

1995-yil 27-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.

2018-yil 31-yanvardan 2021-yil 15-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi

1992-yilda General-mayor, 1996-yilda General-leytenant, 1999-yilda esa General-polkovnik oliy harbiy unvoni berilgan.

1999-2020 yillarda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi prezidenti

Oilasi

Otasi — Rasul Inoyatov (marhum), OʻzSSR sogʻliqni saqlash vazirligi kadrlar boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

Turmush oʻrtogʻi — Flora Inoyatova (qizlik familiyasi ham Inoyatova), professor. Toshkent farmatsevtika instituti kafedra mudiri. Uning ukasi Ulugʻbek Inoyatov, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi aʼzosi, sobiq xalq taʼlimi vaziri.

Qudasi — Botir Parpiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining sobiq raisi.

Qudasi — Saidahmad Rahimov, Oʻzbekiston sobiq moliya vaziri.

Oʻgʻli — Sharif Inoyatov, tadbirkor. „Metropol Group“ mas’uliyati cheklangan jamiyati asoschilaridan biri.

Kuyovi — Bobur Parpiyev, Orient Finans Bank asoschisi, tadbirkor.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rustam inoyatov haqida ma’lumot. rustam inoyatov nima? rustam inoyatov nimani anglatadi?

Yuqori