Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev (1963-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2005—2024-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.
| Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev | |
|---|---|
| Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi | |
| Mansab davri 2017-yil 30-avgustdan – 2024-yil 2-fevralgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Oripov |
| Oʻtmishdoshi | Bobur Alixonov |
| Vorisi | Abdurashid Joʻraboyev |
| Mansab davri 2005-yil 15-apreldan – 2017-yil 3-fevralgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov |
| Oʻtmishdoshi | Abdusaid Koʻchimov |
| Vorisi | Xurshid Mirzohidov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 26-yanvar 1963-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
1985-yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.
1985—1993-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan.
1993—1996-yillarda „NKK“ firmasida tizim muhandisi boʻlib ishlagan.
1996-yildan 1998-yilga qadar „KomUzAziya“ kompaniyasi bosh direktori.
1998—2001-yillarda „UzPAK“ kompaniyasi bosh direktori lavozimida mehnat qilgan.
2001—2002-yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.
2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari oʻrinbosari.
2005—2017 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.
2017—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari.
2017-yil 30-avgustda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga qaytgan.
2020-yil 19-martda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi.
2024-yil 2-fevralda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimidan ozod etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari etib tayinlangan. Shu yil 28-mart kuni Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2025-yil 4-dekabrda Kinematografiya agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimidan boʻshatildi.
Oilasi
Qudasi – Abdulla Aripov, 2016-yildan buyon Oʻzbekiston Bosh vaziri.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alisher xoʻjayev haqida ma’lumot. alisher xoʻjayev nima? alisher xoʻjayev nimani anglatadi?