- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Murodov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Bahritdinovich Murodov – Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori (2018-yil 31-yanvardan 2019-yil 20-iyungacha).
| Otabek Murodov | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori | |
| Mansab davri 2018-yil 31-yanvar – 2019-yil 20-iyungacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ixtiyor Abdullayev |
| Vorisi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo'yicha 1-davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 2017-yil 1-mart – 2018-yil 31-yanvargacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Lavozim yangi tashkil etilgan |
| Vorisi | Rustam Inoyatov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo'yicha 3-davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 2015-yil – 2017-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Nurdinjon Ismoilov |
| Vorisi | Lavozim bekor qilingan |
| O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish bo'yicha Oliy malaka komissiyasining 3-raisi | |
| Mansab davri 2014-yil – 2015-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Svetlana Ortiqova |
| Vorisi | Svetlana Ortiqova |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 6-aprel 1975-yil Yakkabogʻ, Qashqadaryo viloyati |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | 3-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Biografiyasi
- 1975-yili 6-aprelda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani, Yakkabogʻ qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek
- 1992-yilda Shahrisabz shahridagi A. S. Pushkin nomli 3-oʻrta taʼlim maktabini bitirgan. Aʼlo oʻqishi va namunali xulqi uchun oʻrta maktabning oltin medali bilan taqdirlangan.
- 1989—1991-yillarda maktabning komsomol tashkilotiga rahbarlik qilgan.
- 1992-yilda Toshkent davlat yuridik institutining (endilikda universitet) Xalqaro-huquqiy faoliyat fakultetiga oʻqishga kirgan va 1997-yilda aʼlo baholarga tamomlagan.
- Yuridik fanlar nomzodi. 1998—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi izlanuvchisi.
- 1997-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani prokuraturasida ish oʻrganuvchi.
- 1998-yilning aprel-iyun oylarida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani prokuraturasida tergovchi.
- 1998-yilning oktyabridan 1999-yilning iyuligacha Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlari prokuraturasida tergovchi.
- 1999—2000-yillarda Toshkent viloyati prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi.
- 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, katta tergovchisi.
- 2005-yilning yanvaridan avgustigacha Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani prokurori.
- 2005-yilning avgustidan oktyabrigacha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
- 2005-yilning oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat boshlagan.
- 2005—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
- 2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining afv etish va fuqarolik masalalari boʻyicha bosh inspektori, Adliya, prokuratura va sudlar masalalari boʻyicha bosh inspektori.
- 2011—2014-yillarda Adliya vaziri oʻrinbosari – Adliya vazirligi tarkibidagi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi.
- 2014—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining raisi.
- 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha 3-davlat maslahatchisi.
- 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
- 2018-yil 31-yanvarda Oʻzbekiston Prezidentining PF-5320-sonli farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori etib tayinlangan.
- 2018—2019-yillarda – Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti.
- 2019-yil 20-iyun kuni Bosh prokuror lavozimidan boʻshatilgan va sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergovga jalb qilingan. 18-sentyabr kuni qamoqqa olingan.
- 2020-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi qarori bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qonunchilik faoliyati
Koʻplab qonun loyihalari, jumladan:
- „Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2008-y.)
- „Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2010-y.)
- „Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida“gi (2011-y.)
- „Huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2014-y.), „Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida“gi (2016 y.)
- „Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2017-y.)
- „Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi“ (2019-y.)
Qonunlarini ishlab chiqishda tashabbuskor va bevosita ishtirokchi boʻlgan.
Mukofotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28- avgustdagi farmoniga binoan „Jasorat“ medali bilan taqdirlangan (shu jumladan, Ichki ishlar organlari xodimi boʻlgan A. B. tomonidan 1998-2000 yillarda 9 nafar qizni zoʻrlash va qasddan qotillik sodir etish boʻyicha jinoyatlarni tergov yoʻli bilan fosh qilganligi uchun. Jinoyatchi eng oliy jazoga hukm qilingan).
Jamoatchilik faoliyati
- 2017—2018-yillarda „Taraqqiyot strategiyasi markazi“ NNT vasiylik kengashi raisi.
- 2018—2019-yillarda – Toshkent davlat yuridik instituti vasiylik kengashi raisi.
- 2018—2019-yillarda – Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya raisi.
- 2017—2018-yillarda-davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 1-yoʻnalishi).
- 2018—2019-yillarda-sud-huquq sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 2-yoʻnalishi).
- Rus va ingliz tillarini biladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, otabek murodov haqida ma’lumot. otabek murodov nima? otabek murodov nimani anglatadi?
