Janubiy Turkiston (forscha: ترکستان جنوبی; oʻzbekcha: جنوبی ترکستان; turkmancha: جنوبی ترکستان / Günorta Türkistan) yoki Afgʻon Turkistoni (forscha: ترکستان افغان/Torkistâne Afghân; oʻzbekcha: افغان ترکستانی; turkmancha: افغان ترکستانی / Owgan Türkistani) — hozirgi Afgʻonistonning ichiga toʻgʻri keladi. Markazi Balx boʻlgan va butun shimoliy Afgʻonistonni egallab olgan hudud. Afgʻonistonning 9 ta viloyatini qamrab olgan.U yerda asosan oʻzbeklar jami Afg'oniston aholining 3%-10%tashkil qiladi, ammo aholini ro'yxatga olish ishonchsizligi doimiy migratsiya va ko‘chishlar tufayli aniq raqamlarni aytish mushkul va bundan tashqari bu hududlarda turkmanlar, qirgʻizlar hazora turklari va tojik xalqlari yashaydi.Oʻzbeklar janubiy oʻzbek tilida gaplashadi va turkiy va islomiy anʼanalar taʼsirida madaniy urf-odatlarni saqlab qoladi . Koʻpchiliki sunniy musulmonlar boʻlib, diniy jihatdan ularni koʻpchilikni tashkil etuvchi pushtunlar va tojiklar bilan birlashtiradi, garchi ularning turkiy tili va madaniyati oʻziga xosligi turli jamoalarda turlicha boʻlsa ham. Ayniqsa, Kobul kabi shaharlarda til va shahar assimilyatsiyasi baʼzan bu farqlarni noaniqlashtiradi, chunki baʼzi oʻzbeklar dariy tilini qabul qilishadi yoki o‘zbek aholisi fors tilida soʻzlashuvchi aholiga singib ketadi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, janubiy turkiston haqida ma’lumot. janubiy turkiston nima? janubiy turkiston nimani anglatadi?