Burhoniddin Rabboniy (1940-yil 20-sentyabr – 2011-yil 20-sentyabr) – 1992-yildan 2001-yilgacha Afgʻoniston prezidenti. Tolibon harakati tufayli 1996-yil 27-sentyabrdan 2001-yil 13-noyabrgacha uning vakolatlari mamlakatning aksariyat hududlariga, jumladan, poytaxtga taalluqli boʻlmagan, ammo u xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishida davom etgan. Afgʻonistonning qonuniy rahbari. Afgʻoniston Oliy Tinchlik Kengashining raisi.
| Burxoniddin Rabboniy | |
|---|---|
برهانالدین ربانی | |
![]() Rabboniy. 2010-yil. | |
| 6-Afgʻoniston prezidenti | |
| Mansab davri 1992-yil 28-iyun – 1992-yil 28-iyun - 2001-yil 22-dekabr Mulla Umar bilan baravar (Islom Amirligi rahbari sifatida) 1996-yil 27-sentyabr dan - 2001-yil 13-noyabrgacha | |
| Vitse-prezident |
|
| Bosh vazir |
|
| Oʻtmishdoshi | Muhammad Najibullo |
| Vorisi | Hamid Karzay |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 20-sentyabr 1940-yil Badaxshon viloyati, Afgʻoniston |
| Vafoti | 20-sentyabr 2011-yil (71 yoshda) Kobul, Afgʻoniston |
| Oʻlim sababi | Suiqasd |
| Bolalari | 4, vorisi Salohiddin |
| Alma mater | Kobul universiteti (BA) Al-Azhar universiteti (magistratura, PhD) |
| Mukofotlari | Ismoil Somoniy ordeni |
Yoshligi
Burhoniddin Rabboniy 1940-yili Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatining Fayzobod shahrida chorvador tojikforszabon oilasida tugʻilgan. U Abu Hanifiya diniy maktabida, keyin Kobul universitetining ilohiyot fakultetida tahsil olgan, Misrda Al-Azhar universitetida islom falsafasi boʻyicha oʻqigan. 1963-yildan Kobul universiteti professori boʻlib, u yerda islom huquqidan dars bergan.
Faoliyati
1973-yilda shahzoda Dovud davlat toʻntarishidan soʻng Pokistonning Peshovar shahriga hijrat qildi. 1978-yilning apreligacha Rabboniy eng yirik gilam eksportchilari va ishlab chiqaruvchilaridan biri edi. 1979-1989-yillardagi afgʻon urushida jangovar harakatlarda qatnashgan. U afgʻon mujohidlarining qoʻmondonlaridan biri boʻlib, uning jangchilari soni 20 ming kishidan oshgan. 1985-yilda u Badaber lageridagi qoʻzgʻolonni bostirishga shaxsan rahbarlik qilgan.
1989-yildagi maʼlumotlarga koʻra, u Pokistonda parrandachilik fermasi, gilam va mato ishlab chiqaradigan korxonalarga ega boʻlib, yiliga 20 million rupiygacha foyda oladi; uning daromadining yana bir manbai Eron va Pokistonda olib borilgan kontrabanda tovarlari va giyohvand moddalar savdosi edi – Tolibon hokimiyat tepasiga kelguniga qadar u musulmon mamlakatlariga afyun va geroin yetkazib beruvchi yirik tadbirkorlardan biri boʻlgan; Badaxshondan lapis lazuli va Panjshirdan zumrad qazib olishda ham qatnashgan.
1992-yil may oyining boshida u Kobulga qaytib keldi va 28-iyunda Peshovar kelishuviga binoan Afgʻoniston Islomiy Davlatining muvaqqat prezidenti lavozimini egalladi. 1992-yil 30-dekabrda, asosan, Rabboniy tarafdorlari boʻlgan Shoʻro majlisi uni keyingi 2 yilga prezident etib sayladi. 1994-yilda Oliy sud Rabboniyning prezidentlik muddatini uzaytirdi.
1996-yildan beri Shimoliy Alyans yetakchilaridan biri. 2001 -yil 22-dekabrda Rabboniy prezidentlikdan rasman isteʼfoga chiqdi. Demokratik Afgʻonistonda Afgʻoniston Islom jamiyati partiyasining yetakchisi boʻlib qoldi.
U 2011-yil 20-sentyabrda Kobulning Vazir Akbar Xon tumanidagi oʻz uyida Tolibon harakatining ikki vakili bilan uchrashuvda xudkush-terrorchining sallasiga yashirilgan bombadan halok boʻlgan .
Oʻgʻli Salohiddin – Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri, otasi vafotidan keyin u partiyani boshqargan.
Xorijiy davlatlarning mukofotlari
2021-yil 2-sentyabrda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon 1993-1996-yillarda tojikistonliklar oʻrtasidagi muzokaralarga koʻmaklashgani va vositachilik qilgani hamda bu boradagi muzokaralarni tiklash jarayoniga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Burhoniddin Rabboniyni I darajali „Ismoili Somoniy“ ordeni bilan taqdirladi .
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, burhoniddin rabboniy haqida ma’lumot. burhoniddin rabboniy nima? burhoniddin rabboniy nimani anglatadi?
