Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva (Hoshimova) – 2016-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birinchi xonimi, prezident Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi.
| Ziroat Mirziyoyeva | |
|---|---|
![]() | |
| O’zbеkistоn Rеspublikаsi birinchi xonimi | |
| Mansab davri 2016-yil 14-dekabrdan | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Tatyana Karimova |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 4-dekabr 1964-yil Qoʻqon, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Tarjimai hol
1964-yilning 4-dekabrida Fargʻona vodiysi Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Otasi Mahmudjon Hoshimov Fargʻona vodiysidagi boy amaldorlardan boʻlib, Qoʻqondagi Oʻrta Osiyo temiryoʻl taʼminoti boshqarmasini boshqargan. Ziroatning oʻzi esa Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqiydi va shu yerda birinchi turmush oʻrtogʻini uchratadi. Baʼzi manbalarga koʻra Ziroatning oila aʼzolari uning turmushiga qarshi boʻlishgan. Muhandis-iqtisodchi malakasiga ega.
Birinchi xonim
U Oʻzbekistonning hozirgi Prezidenti va sobiq Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga turmushga chiqadi. Islom Karimov davrida, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir boʻlgan davrda davlat televideniyesida koʻrinish bermagan va omma oldiga chiqishdan oʻzini chetga olgan, turmush oʻrtoʻgʻi prezident etib tayinlangandan soʻng unga bir qator xorijiy safarlarda, jumladan, Qirgʻiziston, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh va Turkiyada hamrohlik qiladi.
Jamoat ishlari
„Zamin“ xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi. Jamgʻarma nomidan onlayn nutqlarining birida u nogironlik „endi tibbiy muammo emas, balki inson huquqlari muammosi ekanligini“ aytib oʻtgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ziroat mirziyoyeva haqida ma’lumot. ziroat mirziyoyeva nima? ziroat mirziyoyeva nimani anglatadi?
