Vosit Vohidovich Vohidov (1917-yil 13-dekabr, Turkiston — 1994-yil 1-iyun, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshMIni (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) tugatgan (1939). ToshMI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-1975). 1975-yildan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi direktori, ToshMI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolashni takomillashtirishga bagʻishlangan. V. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib yurak, oʻpka, qon tomirlar va qiziloʻngachda operatsiyalar oʻtkazgan. Jahon jarrohlar assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosi (1971-yildan), „Oʻzbekiston tibbiyot jurnali“ bosh muharriri (1979—92). Toshkent jarrohlik ilmiy markazi, Toshkent shahri koʻchalaridan biri Vosit Vohidov nomi bilan ataladi.
| Vosit Vohidov | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Tavalludi | 13-dekabr 1917-yil Turkiston | |||||
| Vafoti | 1-iyun 1994-yil (76 yoshda) Toshkent | |||||
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston | |||||
| Mukofotlari | | |||||
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, vosit vohidov haqida ma’lumot. vosit vohidov nima? vosit vohidov nimani anglatadi?