Yapon orollari — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi arxipelag. Maydoni 370 ming km². Yapon orollarida Yaponiyaning asosiy qismi joylashgan. 4000 dan ziyod orollarni oʻz ichiga oladi. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu, Sekoku. Relyefi, asosan, togʻli. Vulkan koʻp. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli, shimolida moʼtadil iqlim. Kuzda falokatli tayfunlar boʻlib turadi. Daryolari qisqa va sersuv. Hududining yarmidan ortigʻi oʻrmonlar bilan qoplangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yapon orollari haqida ma’lumot. yapon orollari nima? yapon orollari nimani anglatadi?