Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Uchkoʻprik — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi qishloq. Tuman markazi, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻqon (8 km). Aholisi 6 ming kishidan ziyod (2004).

Uchkoʻprik

UchkoʻprikFargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi qishloq. Tuman markazi, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻqon (8 km). Aholisi 6 ming kishidan ziyod (2004). Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Asfaltbeton, paxta tozalash, meva sabzavot konserva zavodlari, qurilish tashkilotlari, MTP, non kti, avtokorxona, qoʻshma korxonalar, kichik va xususiy firma va korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, bolalar musiqa va sport maktablari bor. Madaniyat saroyi va boshqa madaniyat muassasalari, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari ishlab turibdi. Stadion, sport zallari, bir qancha sport va futbol maydonlari mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, tez tibbiy yordam st-yasi faoliyat koʻrsatadi. U.dan Qoʻqon va Fargʻona shaharlariga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Uchkoʻprik
shahar
40°32′32″N 71°3′39″E / 40.54222°N 71.06083°E / 40.54222; 71.06083
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Uchkoʻprik tumani
Aholisi
 (1989)
4 277
Vaqt mintaqasi UTC+5
Uchkoʻprik xaritada

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, uchkoʻprik haqida ma’lumot. uchkoʻprik nima? uchkoʻprik nimani anglatadi?

Yuqori