Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Grigoriy Markovich Truxnov (belaruscha: Rigor Markavіch Truxnooʻ; 1908-yil15-oktyabr, Shamki, Minsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1986-yil 26-noyabr, Minsk) –

Rigor Truxnov

Grigoriy Markovich Truxnov (belaruscha: Rigor Markavіch Truxnooʻ; 1908-yil15-oktyabr, Shamki, Minsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1986-yil 26-noyabr, Minsk) – sovet belarus tarixchisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Tarix fanlari doktori (1966), professor (1967). BSSR Oliy maktabida xizmat koʻrsatgan xodim (1982).

Grigoriy Markovich Truxnov
Tavalludi 15-oktyabr 1908-yil
Shamki, Minsk viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 26-noyabr 1986-yil(1986-11-26)
(78 yoshda)
Minsk, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Tarixchi
Ish joylari Samarqand davlat universiteti
Taʼlimi Belarus davlat pedagogika universiteti
Mukofotlari

Hayoti

Grigoriy Truxnov Minsk viloyati, Borisov tumani, Shamki qishlogʻida tugʻilgan. 1927—1929-yillarda Sovet partiya maktabida oʻqigan, soʻngra Dubrovnodagi ishchilar fakultetida tarix fanidan dars bergan. 1931—1934-yillarda Minsk pedagogika institutining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida tahsil olgan. 1934—1938-yillarda Borisovda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1939-yilda Belarus davlat pedagogika universitetining Yangi tarix fakulteti aspiranturasiga oʻqishga kirib, uni 1941-yilda tamomlagan. 1941-yil iyul-oktyabr oylari mobaynida Samarqand davlat universitetida yangi tarix fanidan dars bergan.

Grigoriy Tarxunov 1941-yil oktabr oyida janubi-gʻarbiy frontdagi 213-piyoda diviziyasining tankga qarshi artilleriya batalyonida oddiy askar sifatida frontga joʻnatilgan. Stalingrad jangida u bir necha marta yaralangan va snaryaddan zarba olgan. 1942-yilning noyabr oyida nemis tilini yaxshi bilishi tufayli 81-alohida diviziyaning razvedka boʻlimida, keyinroq 14-gvardiya otliq diviziyasining razvedka boʻlimida tarjimon boʻgan. Dasht, Don va 1-Belorusiya frontlarida jang qilgan. 1944-yil noyabr oyidan boshlab 1945-yil dekabr oyigacha 7-gvardiya otliqlari korpusining razvedka boʻlimida tarjimonlik qildi. Grigoriy Tarxunov Ulugʻ Vatan urushini gvardiya kapitani unvoni bilan tugatgan, ikkita 1 va 2-darajali Vatan urushi ordeni, ikkita Qizil Yulduz ordeni, shuningdek uchta medal bilan ham taqdirlangan.

1946-yildan boshlab esa Belarus davlat universitetining zamonaviy tarix fakultetida dars berishni boshlagan. 1949-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1967-yilga kelib esa professor ilmiy unvoniga ham sazovor boʻlgan. Grigoriy Tarxunov 1986-yil 26-noyabrda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati

1948-yilda Grigoriy Tarxunov „1912-1913-yillardagi Birinchi Bolqon urushi davrida Germaniyaning Bolqondagi imperialistik siyosati“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, shundan soʻng 1918—1923-yillarda Germaniyadagi inqilobiy yuksalish tarixini oʻrganishni boshladi. 1964-yilda u birinchi doktorlik dissertatsiyasini „Germaniyadagi inqilobiy yuksalish“ mavzusida himoya qildi.

Professor Sovet Belarusiya nemisshunoslik maktabining asoschisi edi. Lev Shneerson bilan birgalikda u Belorussiya germanistlarining ilmiy maktabini boshqarib borgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rigor truxnov haqida ma’lumot. rigor truxnov nima? rigor truxnov nimani anglatadi?

Yuqori