Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Vikiiqtibos (viki va iqtibos soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikiquote) – mashhur kishilar hamda asar qahramonlari iqtiboslarining erkin toʻplami. Vikipediy

Vikiiqtibos

Vikiiqtibos (viki va iqtibos soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikiquote) – mashhur kishilar hamda asar qahramonlari iqtiboslarining erkin toʻplami. Vikipediya singari Vikiiqtibos ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yuritiladi. Vikiiqtibos ilk bor ingliz tilida 2003-yil 10-iyulda ish boshlagan. Loyihaning oʻzbekcha boʻlimi esa 2007-yilning fevral oyida faol tahrir qilina boshlagan.

Favicon of Wikipedia Vikiiqtibos
Web-manzil http://wikiquote.org/
Interwiki q:
Asosiy boʻlim koʻp tilli
uz.wikiquote.org
Asos solingan sana 10-iyul 2003-yil
Asoschi Jimmy Wales va Vikimedia jamiyati
Reklama yoʻq

Faoliyat

Ushbu loyiha tashrif buyuruvchilarga oʻz hissalarini qoʻshish imkoniyatini beruvchi kam sonli onlayn iqtiboslar toʻplamlaridan biridir. U har bir iqtibos uchun aniq manbalarni koʻrsatishga va notoʻgʻri berilgan iqtiboslarni tuzatishga intiluvchi juda kam sonli resurslardan biri hisoblanadi. Vikiiqtibos sahifalari Vikipediyadagi mashhur shaxslar haqidagi maqolalar bilan oʻzaro bogʻlangan.

Tadqiqotlarda foydalanish

Vikiiqtibos tilshunoslik va sunʼiy idrok bilan bog‘liq tadqiqotlarda matn korpusi sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, 2017-yilda bo‘lib o‘tgan NIPS [en] konferensiyasida Wrocław universiteti jamoasi Vikiiqtibosdan kam uchraydigan soʻzlarni aniqlaydigan suhbat modulini yaratishda foydalangan. Shuningdek, ba’zi tadqiqotchilar Vikiiqtibosdan ekstremistik fikrlar aks etgan iqtiboslarni aniqlash uchun til modellarini o‘rgatishda ham foydalanishgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, vikiiqtibos haqida ma’lumot. vikiiqtibos nima? vikiiqtibos nimani anglatadi?

Yuqori